«Real»ning sobiq boş murabbiyi Zinedin Zidan yozda «Yuventus» boş murabbiyi etib tayinlanişi mumkin, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Naşrning aniqlaşiça, Turin klubining amaldagi boş murabbiyi Massimiliano Allegri, 2020 yil yozigaça möljallangan şartnomasi bölsa-da, şu mavsum yakunida lavozimini tark etişni rejalaştirmoqda. Uning örnini esa Zidan egallaşi kutilyapti.
Eslatib ötamiz, Allegri «Yuventus»da 2014 yil iyulidan buyon işlab kelmoqda. Uning qöl ostida «keksa sinora» tört karra Italiya çempioni va kubogi sohibi böldi, bir marotaba Italiya superkubogida ğolib çiqdi.
Zidan esa 2017/18 mavsumi oxiridan buyon işsiz qolmoqda. U Madrid klubini ketma-ket uç marotaba YeÇLda çempionlik sari boşlab borgan edi. Fransiyalik sobiq yarimhimoyaçi 1996-2001 yillar oraliğida «Yuve» libosida töp surgan.












