2019 yilning 1 fevralidan 45 davlat fuqarolari uçun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilinadi. Kun.uz muxbiri Prezidentning «Özbekistonda turizmni tezkor rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoniga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Hujjatga köra, joriy yilning 1 fevralidan e'tiboran quyidagi mamlakatlar fuqarolari Özbekistonga 30 kungaça bölgan muddatga vizasiz rejim asosida taşrif buyurişi mumkin böladi (şu vaqtgaça bunday röyxatdagi mamlakatlar soni 18ta edi).

Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti 2018 yilning fevralida 7 mamlakat — Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz tartibni joriy etiş haqidagi farmonni imzolagan edi. Uşbu röyxatga mart oyida Tojikiston, oktyabrda Fransiya, 15 yanvardan esa Germaniya qöşildi (şu bilan röyxatdagi mamlakatlar soni 19taga yetardi, yangi farmon bilan esa bunday mamlakatlar soni 64tani taşkil etadigan böldi).

Ayni vaqtda 39 mamlakat fuqarolari uçun sayyohlik vizalarini olişning soddalaştiriş tartibi amal qila boşladi (hozir bunday mamlakatlar soni — 51ta). Iyul oyidan elektron vizalar, 16 yoşgaça bölgan çet elliklar uçun vizasiz tartib va 101 mamlakatdan kelayotgan tranzit aviayölovçilar uçun beş kunlik vizasiz tartib yölga qöyildi.

Davlat rahbarining farmonida qayd etilişiça, viza tartibi va Özbekistonda böliş qoidalarining soddalaştirilişi — infratuzilmalarni rivojlantiriş va xorijda mamlakatning sayyohlik salohiyatini faol tarğib qiliş bilan birgalikda — respublikaga kelgan çet elliklar sonining 2017 yildagi 2,60 million kişidan 2018 yilda 5,3 million kişigaça, ikki barobarga oşişiga sabab böldi.

2019 yil 1 fevraldan fuqarolari elektron kiriş vizalarini oliş huquqiga ega mamlakatlar röyxatiga 76 davlat qöşiladi. Bundan taqşari, 15 martdan e'tiboran amal qiliş muddati 30 kun bölgan ikki martalik va köp martalik elektron kiriş vizalari joriy etiladi. Şuningdek, çet el fuqarolarining alohida guruhlari uçun Vatandosh visa, Student visa, Academic visa, Medical visa va Piligrim visa kabi yangi viza kategoriyalari (elektron emas) yölga qöyiladi.