Prezidentning turizmni tezkor rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar rejasiga köra, 2019 yilning 1 martidan e'tiboran taqiqlov belgisi bölmagan barça hududlarda foto va video oliş mumkin böladi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Hujjatga köra, Içki işlar vazirligi Mudofaa vazirligi, Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Çegara qöşinlari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yilning 1 fevraligaça bölgan muddatda foto- va videos'yomka qiliş uçun taqiqlanuvçi obektlar, jamoatçilik joylari va hududlar röyxatini tasdiqlaydi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari 2019 yilning 1 martiga qadar ikki va undan ortiq çet tilida (ingliz, rus va b.) foto- va videos'yomka taqiqlanişiga doir tegişli körsatkiçlarni örnatiş vazifasi yuklatildi.
Ta'kidlaş joizki, taqiqlov belgilari bölmagan holatlarda bemalol foto va videoga oliş mumkin böladi.













