Şavkat Mirziyoyev "Özbekiston Respublikasida turizmni tezkor rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi farmonni imzoladi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Hujjatga köra, mamlakatda turizmni rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlarni şakllantiriş, taqdim etilayotgan xizmatlar sifati va raqobatbardoşligini oşiriş, jahon bozorlarida milliy turistik mahsulotni faol va kompleks tarğib qiliş hamda Özbekiston Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatida aytilgan takliflarni amalga oşiriş maqsadida, şuningdek Respublikaning 2017-2021 yillar uçun rivojlanişning beş ustuvor yönaliş böyiça Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq: 

1. Özbekiston Respublikasida 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantiriş konsepsiyasi va çora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

2. 2017 yilning 16 avgustida Prezident qaroriga köra tuzilgan Turizmni rivojlantiriş böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaş (A.Aripov) uşbu yönalişdagi barça tadbirlarning öz vaqtida sifatli taşkillaştirilişida vazirliklar, idoralar va boşqa taşkilotlar faoliyatini muvofiqlaştiradi, Kontseptsiya va Çora-tadbirlar rejasining amalga oşiriliş monitoringini yuritadi hamda har çorakda Prezident ma'muriyatiga mazkur hujjat böyiça işlarning borişi haqida batafsil ma'lumot taqdim etadi.

3. 2019 yilning 1 fevralidan 45 davlat fuqarolari uçun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilinadi.

4. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Taşqi işlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019 yilning 1 fevralidan elektron kiriş vizasi oluvçi mamlakatlar röyxatini kengaytiriş, 15 martdan esa 30 kun davomida amal qilinuvçi elektron vizalar turlari (ikki martalik va köp martalik) tizimini joriy qiliş, şuningdek alohida xorijiy fuqarolar guruhlariga qöşimça vizalar toifasini yölga qöyişga oid takliflari qabul qilindi.

5. 106 mamlakat fuqarolariga Özbekistonda turar-joy sotib oliş huquqini taqdim etiladi. Buning uçun uşbu davlatlar fuqarolari Özbekiston hududlaridan muayyan summadagi köçmas mulk inşootlarini xarid qilişlari kerak böladi.

6. Özbekistonning logistik jozibadorligini tubdan yaxşilaş hamda mahalliy aeroportlardagi parvozlarga xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilişga doir işlarni muvofiqlaştiruvçi Işçi guruhi tuziladi.

7. Uç oy içida respublika transport tizimi yagona elektron portali yaratiladi, u blokçeyn texnologiyalari asosida reyslar (avtobus, avia- va temir yöl) qulayligini inobatga olgan holda çiptalar sotuvini amalga oşiradi.

Hujjat ijrosi nazorati Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.Aripov, Prezident ma'muriyati rahbari Z.Nizomiddinov, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi V.Mahmudov va Boş vazir örinbosari A.Abduhakimovlar zimmasiga yuklanadi.