Belgiyalik fotograf Paskal Mannayerts mana ön yildirki, dunyo böylab sayohat qilib, “insoniyatni eng kuçli şakllarda tasvirlaş”ga harakat qiladi. Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi, Şimoliy Afrika va Yaqin Şarq uning obektivida bir neça marta bölgan.
“Erta tong — har qanday yangi joyni his etiş uçun ideal fursat”, — deydi u. Şuning uçun u har bir mamlakatga taşrif jarayonida erta turişga odatlandi. Nihoyat barça suratlarni “Butun dunyodagi tonggi soat sakkiz” seriyasiga töpladi.

Varanasi, Hindiston, 2008 yil: “Kunning bu qismida hindlar çömilişadi va ibodatni amalga oşiradilar. Butun Hindistondagi yuzlab ziyoratçilar şaharga kelişadi va uzoq yöl bosib daryo qirğoğiga taşrif buyuradilar. Odamlar oqimi, gözallik va ranglar okeani hamma yerda. Men buni yaxşi köraman…”.

Kyaikto, Myanma, 2014 yil: Yigit özining restorandagi ilk qahvasidan huzur olmoqda.

Şrimangal, Bangladeş, 2014 yil: “Şrimangalda Mahmudni uçratdim. Uni har kuni tongda nabirasi bilan öynayotganini köraman. “Bu mening kunni boşlaş usulim, — dedi u, — undan keyin men uçun zarur bölgan kuç-quvvatni olaman, u menga kun davomida şijoat beradi”.

Mandalay, Myanma, 2014 yil: Monaxlar Mandalay köçalarida guruç terişadi.

Tokio, Yaponiya, 2015 yil: Ofisga ketiş yölidagi yoqimli fursat.



























