278 kilogrammlik tunets baliği Tokioda joriy yildagi ilk şunday savdo vaqtida rekord narxga – 333,6 mln iyenga (3,1 mln dollar) sotildi. Bu haqda Yaponiyada maşhur bölgan “Suşi Dzammay” suşi restoranlari tarmoği tvitterda ma'lum qildi.
“Toyosu bozoridagi ilk savdolar. Özimiz ham narxga hayratlandik – 333,6 million iyen! Eng yaxşi tunetsni sotib olganimizdan xursandmiz”, deb aytilgan “Suşi Dzammay” xabarida.

Avvalroq bunday auksionlar Tsukidzi bozorida ötkazilgan. Bu bozor 80 yildan köproq tarixga ega bölgan, biroq uni 2020 yilgi Olimpiada oldidan yopişga qaror qilingan. Endilikda savdolar Tokioning Toyosu nomli port qismiga köçirilgan.
Uşbu auksion 2018 yil oktyabrida oçilgan Toyosu baliq bozori uçun yangi yildagi ilk savdo böldi. Bungaça tunets uçun tölangan rekord narx 155 mln iyenni (1,8 mln dollar) taşkil qilgan. Tsukidzi bozorida 2013 yilda sotilgan bu tunetsning oğirligi 200 kg bölgan.
Joriy auksionda sotilgan baliq Tinç okeanida, Oma porti yaqinida tutilgan. Baliqni “Suşi Dzammay” tarmoğini boşqaruvçi Kiyomura Corporation kompaniyasi egasi Kiyosi Kimura sotib oldi. Kimura bir neça yillardan beri eng qimmat tunetslarning xaridori sanaladi.
“Men baliq şunday katta narxga tuşişini öylamagandim, biroq sotib olingan tunets ajoyibdir. Men bu baliqni restoranlarim mehmonlari bilan bölişmoqçiman”, deb aytgan Kimura.











