Janubiy koreyalik baliqçilar qiymati 1,9 million dollarlik 1,3 mingdan ortiq kök tunets baliğini dengizga qöyib yubordi. Bunga baliq tutiş uçun belgilangan yillik limitdan oşib ketilgani sabab böldi, deb yozadi South China Morning Post.

Yondok uyezdi baliqçilarining skumbriya va kalmarlar uçun möljallangan törlariga tasodifan kök tunets baliqlari tuşib qoldi. Har bir baliqning kattaligi 1-1,5 metrni, oğirligi esa 100-150 kilogrammni taşkil etgan. Korea Herald naşri ma’lumotlariga köra, ovlangan baliqlarning umumiy massasi 140 tonnaga yaqinlaşgan va taxminan 2,55 milliard vonga (1,9 million dollar) baholangan. Aftidan, tunetslar skumbriya va sardinalarni ovlab, törga tuşib qolgan.

2025 yil ma’lumotlariga köra, Şimoliy Kyonsan provinsiyasida 110 tonna tunets tutişga ruxsat berilgan — şundan 35 tonnasi Yondok hisobiga töğri keladi. Uşbu limit oşib ketgani bois, baliqçilar ovlangan öljani dengizga qaytarişga majbur bölgan.

Mahalliy hukumat vakilining ma’lum qilişiça, baliqçilar kvota yakunlanayotganidan bexabar bölgan. U yangi ruxsatnoma uçun sörov yuborilganida ham bunga ma’lum vaqt ketişini qöşimça qilgan. Şuning uçun baliqlarning barçasini dengizga qöyib yuborişga töğri kelgan.

Janubiy Koreya Baliqçilik töğrisidagi qonuniga muvofiq, kök tunetsni sotiş yoki yetkazib beriş böyiça belgilangan limit oşib ketganidan keyin ham uning savdosini amalga oşirganlar 2 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi yoki 20 million vongaça jarimaga tortilişi mumkin.