Ispaniya çempionatining 18-turida «Real» öz maydonida yangi boş murabbiy boşqaruvidagi jamoadan 2ta javobsiz gol qabul qilib oldi.

«Real» - «Real Sosedad» - 0:2 (0:1)
Gollar: Villian Joze, 3 - penalti (0:1). Pardo, 83 (0:2).
Real: Kurtua, Serxio Ramos, Marselu (Regilon, 77), Varan, Karvaxal, Modriç, Kroos (Sebalos, 80), Kazemiru (Isko, 57), Benzema, Vaskes, Vinisius Junior.
Real Sosedad: Ruli, Moreno, Lorente, Elustondo (Saldua, 69), Ayyen Munos (Subeldiya, 84), Surutusa, Ilyarramendi, Merino (Pardo, 73), Villian Joze, Yanuzay, Oyarsabal.
Ogohlantirişlar: Villian Joze, 36. Vaskes, 40. Marselu, 52. Modriç, 75. Isko, 88.
Çetlatiş: Vaskes, 61.
Hakam: Munuera Montero.
6 yanvar. Madrid. «Santyago Bernabeu» stadioni.

«Real» 22 dekabr kuni klublar örtasidagi jahon çempionatida ğolib bölganidan buyon ilk uy uçraşuvini ötkazdi. «Real Sosedad»ga qarşi öyin arafasida jamoa sardori Serxio Ramos muxlislar bilan tölib-toşmagan «Santyago Bernabeu» stadionidagi muxlislarga sovrinni namoyiş etdi. Madridlik muxlislarni endi ötmişga aylangan Çempionlar ligasi ğolibligi ham, «Al-Ayn»ni yengiş orqali qölga kiritilgan sovrin ham stadionga çorlay olmayapti, muxlislar «Real»ning joriy mavsumdagi öyinlaridan juda tuşkun kayfiyatda va bu klubning çiptalar sotuvidan olayotgan daromadini ham keskin kamaytirmoqda.

«Real Sosedad» Santyago Solari jamoasi uçun oson öljadek köringandi. Basklar Madridga taşrif buyurişdan oldin Primera öyinlarida qatorasiga 4 öyinda mağlub bölgan va jamoa turnir jadvalida xavfli hududga yaqinlaşib qolgandi. Lekin şunisi ham borki, «Real Sosedad» çempionat öyinlarida safarda oçko oliş böyiça «Barselona»dan keyingi ikkinçi körsatkiçni qayd etayotgandi. Qolaversa, yangi yilda San-Sebastyan klubi murabbiyni almaştirdi: iste'foga çiqarilgan Aser Garitano örnini Imanol Alguasil egalladi.

«Real»ning bu öyindagi zayavkasidan Garet Beyl örin olmadi. Uç kun muqaddam u «qaymoqranglilar» jamoasining 2019 yildagi ilk öyinida – «Vilyarreal»ga qarşi safar öyinida (2:2) jarohat olgandi. Madridga kelganidan buyon 22-marta jarohatlangan futbolçi (joriy mavsumning özida uçinçi marta, «Vilyarreal»ga qarşi öyin u jarohatidan tiklanganidan keyin çempionat doirasidagi öyinlarga qaytişi bölgandi) 4 haftagaça maydonga tuşa olmaydi. Uelslik 29 yoşli futbolçi «Real»dagi asosiy vaqtini davolaniş bilan ötkazmoqda (u turli jarohatlar tufayli jami 65 öyinda jamoaga yordam bera olmagan).