Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash konsepsiyasi ishlab chiqiladi
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Hujjatga ko‘ra tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyiha bilan O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash konsepsiyasi tasdiqlanadi.
Kontseptsiyada:
O‘zbekistonning nufuzini xalqaro maydonda oshirish maqsadida samarali va keng ko‘lamli targ‘ibot va tashviqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, milliy turistik brendni yaratish, xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish;
xalqaro tashkilotlar vakillarini O‘zbekistonga taklif qilish va ularni respublikada yuz berayotgan o‘zgarishlar bilan bevosita tanishtirish;
xalqaro tashkilotlar va reyting agentliklari (“Fitch”, “Standard &Poor's”, “Moody’s”) bilan O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
17:16 / 24.01.2026
O‘zbekistonda pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo belgilanishi kutilmoqda
18:30 / 20.11.2020
Senator: «Davlat dasturining qonun ustuvorligi va sud-huquq yo‘nalishida 10 tadan 4 ta band bajarilgan»
20:40 / 02.03.2020
O‘zbekistonda «Elektron parlament» tizimi joriy etiladi
14:40 / 29.10.2019