2019 yilda iqtisodiy körsatkiçlarning yomonlaşuvi ortişi fonida jahon iqtisodiyoti ösiş sur'atlari sekinlaşadi va 2,9 foizni taşkil etadi. Bu haqda seşanba kuni Jahon banki xabar berdi.
Xalqaro savdo va qayta işlaş sanoatida faollikning pasayişi qayd etildi, savdo munosabatlarida tanglik saqlanib qolmoqda, bozor iqtisodiyoti şakllanayotgan ayrim yirik mamlakatlar moliyaviy bozorlar tomonidan jiddiy bosimni his qildi.
«2018 yil boşida jahon iqtisodiyoti tez sur'atda ösdi, biroq yil davomida u sekinlaşdi va kelgusi yilda vaziyat yanada murakkablaşişi mumkin», - deya ma'lum qildi Jahon bankining boş ijroçi direktori Kristalina Georgiyeva.
Taşqi talab pasayişi, qarz oliş qiymatining kötarilişi va siyosiy noaniqlikning saqlab qolinişi bozor iqtisodiyoti şakllanayotgan hamda rivojlanayotgan mamlakatlar uçun prognozlarga salbiy ta'sir körsatişi kutilmoqda.
2019 yilda uşbu guruhda iqtisodiyotning ösiş sur'atlari barqaror bölib qoladi - kutilganidan biroz kamroq, 4,2% darajada.
Yevropa va Markaziy Osiyo
Kutilişiça, bu yil mintaqada iqtisodiyotining ösiş sur'atiga Turkiyadagi moliyaviy beqarorlik saqlab qolinişi oqibatlari salbiy ta'sir körsatadi: 2019 yilda u 2,3 foizga sekinlaşadi.
Turkiyada iqtisodiy faollik zaif böladi, yuqori inflatsiya, yuqori foiz stavkalari va iste'mol hamda investitsiyaga salbiy ta'sir körsatadigan past darajadagi işonçlilik tufayli iqtisodiy ösiş 1,6%ga pasayadi.
Prognozlarga köra, mintaqaning ğarbiy qismida iqtisodiy ösiş sur'ati sekinlaşadi. Yevro hududida iqtisodiy ösiş pasayişi fonida Polşa iqtisodiyoti ösişi 4 foizga sekinlaşişi kutilmoqda.
Mintaqa şarqiy qismida ham iqtisodiy ösiş pasayişi kutilmoqda. Bunda yirik davlatlar, jumladan, Rossiya, Qozoğiston va Ukraina iqtisodiyotida ösişning pasayişi kuzatiladi.
Özbekiston
Jahon bankining Özbekiston böyiça prognozi iyun oyidagi avvalgi hisobotga qaraganda özgarişsiz qoldi - Özbekiston iqtisodiyotining ösiş sur'ati 5,1% (2019 yilda), 5,5% (2020) va 6%ga (2021) yetadi.













