Mavzuga har tomondan keliş mumkin. Masalan, turnirdagi ilk uçraşuv bosimi, Ummon deyarli öz maydonida töp surayotgandek qöllab-quvvatlaşlarga ega bölgani-yu, ularning goli ofsayddan urilganini aytiş va qölga kiritilgan uç oçkodan xursand böliş mumkin.

Axir bu degani deyarli pley-off yöllanmasi qölga kiritildi degani, şunday emasmi? Yoki öyinning ğaribligi, yaratilgan vaziyatlar va kombinatsiyalarning deyarli bölmagani, aksinça, faqat omad va Nesterovning mahoratigina Ummonni oçkodan mahrum qilganini aytsa böladi. Ya'ni, bu fikrlarning barisini aytgan odamlarni kördim, öqidim, har ikki tomon pozitsiyasiga ötib ham ahmoq körinmaslikning iloji bor, işonavering.

Mantiqan töğri. Ammo göyoki saviya jihatidan bizdan kuçsizligi aytilib kelingan Ummonga bunça ustunlikni taqdim etgan Kuperdan mantiq topiş qiyindek.

«Raqib özi uçun mantiqan töğri uslubda harakat qildi. Hisobda oldinga çiqib olgaç, himoyaga e'tibor qarata boşladi», – biz baqrayib qarab turganimiz bilan Pim Verbek hamkasbining harakatlarini tabiiy qabul qildi.

«Bizda professionallik yetişmadi, raqib futbolçilari natija uçun barça narsaga, hatto qizil kartoçkaga ham tayyor ekanini namoyiş qildi», – bu ham Verbekning fikrlari va u yerda piçing yöq.

Bu öyindan söng, tan oliş mumkin bölgan ijobiy e'tirozlardan biri. Yana Nesterov, Ahmedovning mahoratiga tan berib, Şomurodovning sovuqqonligiga qoyil qoliş kerak, ammo biz uçun yangilik emas. Yangilikni biz aslida Kuper şakllantirgan öyindan qidirdik. Muxlislar jamoadan hujumkor, kombinatsion futbol va beşta golni kutişgan, göyoki Raşidov, Maşaripov, Sidiqov kabi futbolçilar bilan, kelib kelib Ummon bilan boşqaça futbol mumkin emasdek edi. Nima böldi özi?

Ustuvor futbol va uning talablari

Har bir davrning, musobaqaning, qit'aning öziga yaraşa ustuvor futboli böladi. Misol uçun, Gvardiolaning «Barselona»si, Zidanning «Real»i sönggi ön yillikdagi Yevropada eng ustuvor futbolni namoyiş etgan jamoalar hisoblanadi. Gap faqat natijada emas, özi körsatadigan futbol uslubining urfga aylanişi, har qanday raqibdan qat'i nazar öz futbolini namoyiş etişi lozim böladi. Murabbiy uçun eng markaziy vazifa raqib ustunliklarini yöqqa çiqariş emas, öz ustunliklari maydonda aks etişini ta'minlaş böladi. Sezib turganingizdek, bunday futbolning juda muhim talabi bor – bu jamoa öşa davr, öşa musobaqa yoki öşa qit'adagi eng zör ijroçilariga ega bölişi kerak. Bir murabbiy bundayroq futbolçilar bilan, «Lester» singari, nimadir yaratiş, turnirda ğolib çiqişi mumkin, ammo bu bilan öşa jamoa ustuvor futbol sohibiga aylanmaydi. Tarkib sifati juda muhim, Pep Gvardiola har qança kuçli murabbiy bölmasin, urfga aylanişi mumkin bölgan futbolni qurişi uçun eng yuqori malakadagi ijroçilarga ehtiyoj sezadi. Umuman, tarixdagi har qanday davrdagi modaga aylangan jamoalarni köring – asr boşlaridagi «Milan» yoki «Real», ötgan asr oxirlaridagi «Yuventus» yoki «Mançester Yunayted»: bu jamoalar urfga aylangan futbol namoyiş etiş bilan birgalikda, öşa davrning eng yaxşi futbolçilarini tarkibga yiğib ham olgandi. Busiz masalan, «Atletiko» yoki «Çelsi» singari, yaxşi, kuçli, ba'zida sovrinlar ham yuta oladigan jamoa böliş mumkin xolos.  

Qisqasi, heç qaysi murabbiy öşa davrda eng zör bölmagan ijroçilar bilan ustuvor futbol jamoasini tuza olmaydi. Faqat taktika, falsafa, sxemalarning özi buning uçun yetarli emas.

Italiya fenomeni

Menimça, dunyo futbolida eng muvaffaqiyatli terma jamoa – Italiya. Ha, Braziliya köproq çempion bölgan, lekin u yerdagi yulduzlar bilan aslida ikki barobar köproq çempion böliş kerak edi. Ha, Germaniya barqarorroq, ammo boy berilgan bunça final bilan eng muvaffaqiyatli deyişga til aylanmaydi. Italiya öz salohiyati va öziga xos futboli bilan maksimaldan köproq sovrinlarga ega bölgan terma jamoadir, fikrimça. Italiyaliklar çempion bölgan jahon yoki Yevropa çempionatlarida turnirning eng kuçli jamoasi bölmagan ham.  Mana şu haqiqiy muvaffaqiyatdir.

Yana Italiya terma jamoasini haddan ziyod himoyaviy öynaşda ayblaşadi. Töğri, Braziliya, Germaniya yoki Niderlandiya köpinça tarkib borasida italiyaliklardan ustun böladi, tabiiyki, Italiyada himoyaviyroq töp surişdan boşqa imkon ham qolmaydi. Ammo bu yerda boşqa jihat ham bor. Italiya nafaqat top-öyinlarda, balki özidan kuçsizroq bölgan raqiblar bilan ham himoyaviy öynaşni ixtiyor qiladi. E'tibor bersangiz, köpinça, italiyaliklar guruh bahslaridan juda qiynalib ötişadi. Terma jamoa uslubi va falsafasi asosan özidan kuçliroq sanalgan raqiblar bilan qöl keladi. Savol tuğiladi, xöp, öşa Braziliya bilan teng öynay oladigan Italiya masalan, Norvegiya, Şvetsiya yoki Slovakiya bilan hujumkor öynaşi, yirik hisobda ğalaba qozonişi mumkinku? Qayerdan keladi şunça muammo?

Musobaqaning final yoki kamida yarim finalda iştirok etişni maqsad qilgan Italiya doim biladiki, bu yölda ayniqsa, sönggi bosqiçlarda ularga ijroçilar mahorati borasida kuçliroq raqiblar röpara keladi. Xöş, endi tayyorgarlik strategiyasi öşa kuçli raqiblarga qaratiladimi yoki guruhdagi kuçsizroq raqiblargami? Albatta, Italiya turnirga olib boradigan asosiy tarkib Braziliya yoki Ispaniya kabi raqiblarga qarşilik qiliş nuqtai nazaridan tanlanadi. Şuning uçun ham murabbiylar nuqul «Badjomi yoki Del Pero?» mazmunidagi savolga javob izlaşga majbur bölişgan.

Hayron qolardim, raqib – Kamerunku? Yoki Ekvador. Kuçsiz jamoalarga qarşi murabbiy ham Badjoni, ham Del Peroni tuşirsa bölmaydimi? Yöq, qarang, guruhda bu jamoalarga qarşi hujumkor taktika tanlab, osonroq ğalaba qozonişi mumkin, ammo qisqa turnirda bu öyinlar sönggi bosqiçdagi hal qiluvçi bahslarga poydevor böla oladimi?  Albatta, böla olmaydi.

Murabbiy ataylab, raqib kuçsiz bölsa ham, oxirida Braziliyaga qarşi öynaydigan tarkibni maydonga tuşiradi. Raqib – Kamerun, lekin Italiya uç nafar tayanç yarim himoyaçisi va bir nafar hujumçi bilan öynaydi. Badjo va Del Perodan biri zaxirada ötiraveradi. Bu tarkib hal qiluvçi pallagaça çarxlanib borişi, tonusga kirişi şart. Axir kuçsizlar bilan hujumkor tarkib va boşqa falsafa, ertaga boşqa, kuçliroq raqib çiqqanda, endi himoyaviyroq öyinga suyaniş xavfli – jamoa birdaniga bir neça xil yönalişlarga urğu qarata olmaydi. 

Yorqin misol – Portugaliya. Ular yirik turnirlarda doim strategiyasiz jamoa sifatida nazarga tuşişardi. Çiroyli va hujumkor futbol, lekin natijasiz. Çunki, Şimoliy Koreyaga qarşi tanlanadigan taktika bilan Germaniyaga qarşi töp surişga ijroçilar mahorati yetmay qoladi. Nihoyat, Yevro-2016 turnirida portugaliyaliklar butun turnirni yaxlit uslub va falsafa bilan ötkazdi, natijada, çempionlik ham böldi.

Agar tarkibingizda turnirning ustuvor futbolini namoyiş eta oladigan darajadagi eng zör ijroçilar bölmasa, lekin uzoqqa borişni istasangiz, yaxlit va özgarmas uslubga tayanişga majbursiz.

Özbekiston urf böla oladimi?

2011 yilgi Osiyo Kubogida Özbekiston terma jamoasi turnir uçun trendni aniqlay oladigan darajadagi ustuvor futbolni namoyiş qilişga uringandi. Bu guruh bosqiçida, kuçsizroq jamoalarga qarşi öxşagan, ammo birgina nominal himoyaçi bilan töpni nazorat qiliş va taşabbus bilan öynaşga intiliş Iordaniya yoki Kuvayt bilan mosdir, ammo Avstraliya bilan emas. Abramovning taşabbuskor falsafasi futbolçilarga singib ulgurgan, endi navbat Avstraliya va Koreyaga kelganda, ularni butunlay boşqa jamoaga aylantirişning iloji yöq edi.

Endi savol: Özbekiston terma jamoasi bu safargi Osiyo Kubogida ustuvor bölgan futbol namoyiş etişga qodirmi? Bunga javob beriş uçun terma jamoamiz tarkibi qit'ada eng kuçli futbolçilardan tuzilganmi yoki yöq, şuni aniqlaşimiz kerak. Javob – yöq unday emas, Osiyodagi turnirlarda Yaponiya, Koreya yoki Eron kabi terma jamoalar ustuvor futbol körsatişlari mumkin xolos. Biz ularga qarşi öyinlarda birinçi raqam ostida harakat qila olmaymiz.

Biz nisbatan çeklangan imkoniyatlarga ega bölgan tarkibimiz bilan top-raqiblarni faqat ularning ustunliklarini çeklaş orqali ğalaba qozonişimiz mumkin. Ya'ni, Yaponiya bilan pozitsion öyin körsata olmaymiz, taşabbuskor böla olmaymiz, faqat himoyaviy futbol yordamida yenga olamiz.

Ummon bilan öyinda hujumkor taktika qöllaş kerak edi, Raşidov va Maşaripov kabi kreativ futbolçilar bilan himoyaviy öynab bölmaydi, deyiş mumkin, ammo agar körsatilgan öşa hujumkor öyin biz bilan butun turnir davomida hamroh bölmasa, hujumkor öyin körsatiş imkoniyati bizning peşqadam jamoalar bilan öyinlarda bölmasa, foydasi nima? Menimça, Ummon va Turkmanistonga qarşi öyinlarda bizga eng muhimi, uç oçkodir. Öyin sifatida, taşabbuskorlik va gollar soni bizni qiziqtirmasligi lozim. Ummon bilan öyinda xuddi biz Yaponiya bilan öynayotgandek, ehtiyotkor taktika tanlanişida mantiq bor – biz şu orqali aynan şu uslubni çarxlab boramiz, ertaga kuçli raqibga qarşi butunlay teskari futbol körsatiş, yangi könikmalar va yuklamalar rejimiga ötiş ehtiyoji bölmaydi. Töğri, keçagi körsatgan öyinimiz bilan Yaponiyaga qarşilik qila olmasdik, ammo ungaça, vakillarimiz ham tajriba töplab, öyinda ösişga erişişlari tabiiy. Faqat bir xil uslubda harakat qiliş orqali, öyindan öyinga takomillaşib, ösib boriş mumkin, deb öylayman.

Şuning uçun, keçagi öyin sifati, kuçsizroq raqib ustidan zörğa ğalaba qozonganimiz uçun u qadar xafa bölmaslik kerak deb öylayman. Ummon aslida öziga yaraşa qiyin jamoa ekani (şu bilan birga noqulay raqib, şu vaqtgaça ötkazilgan 5ta özaro öyinda ummonliklar 4 bor ğalaba qozonişgan), ilk öyin hayajonlari va xatolari bilan ham uç oçkoni qölga kiritganimiz, aslida, juda yaxşi yakun böldi. Hamma juda yaxşi öynagan öyinda durang öynagandan köra, köp futbolçilarning öyini çiqmagan paytda ham ğalaba qozonişimiz umidliroq, çunki bu holda jamoamizda hali potensial borligini, uning ösiş imkoniyatiga ega ekanini körsatadi.

Yuqorida Italiya va Portugaliya misolida aytilganidek, bizda ikki xil tanlov bor edi: hamma bilan hujumkor va oçiq futbol öynaş yoki hamma bilan yopiq, himoyaviy taktikani tanlaş. Birinçi variantda bizda kuçli jamoalar bilan öyinda natijaga erişiş imkoni yöq ekan, biz ikkinçi variantni tanlaşga majburmiz. Eng asosiysi, biz hamma öyinda bir xil uslubni tanlaşimiz lozim, kuçsizlar bilan boşqaça, kuçlilar bilan butunlay boşqaça, ya'ni himoyaviy öynaşga harakat qiliş, jamoadagi yönalişni va takomillaşiş xususiyatini yöqqa çiqaradi.

Barçasi nazorat ostidami?

Yöq albatta. Biz ataylab şunday taktika tanladik, hammasi biz öylagandek keçdi, deyiş notöğri. Xuddi şu ssenariydagi öyin raqibning ğalabasi bilan ham, durang bilan ham yakunlanişi mumkin edi. Biz Ummonga keragidan köp vaziyat berdik. Hujum çiziğida öylangan rejalar işlamadi. Şorahmedov, Maşaripov, Bikmayev, Raşidov kabi futbolçilar öz imkoniyatlaridan juda past öyin körsatişdi. Jamoada öyin amaliyoti bölmagani sezildi, turnir oldidan örtoqlik uçraşuvlari taşkil qilinmagani xato bölib çiqdi. Bu haqida yana gaplaşamiz.

Lekin aynan öyin uçun öylangan reja va strategiya borasida e'tiroz yöq. Xuddi şunday munosabat kutilgandi, şukrki, hammasi biz uçun ijobiy tugadi. Hozirça, Dubayda hammayoq tinç.

Q.Aslanov