Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslaştirilgan san'at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi prezidentining “Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi faoliyatini takomillaştiriş töğrisida” 2018 yil 3 fevraldagi PQ-3504-son qarori bilan san'at va madaniyat kollejlari bitiruvçilariga davlat namunasidagi diplom beriladigan ixtisoslaştirilgan san'at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarga aylantirilgan.
Belgilab qöyilişiça:
a) Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Özbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslaştirilgan san'at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar pedagog va rahbar xodimlari mehnatiga haq tölaş Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq tölaşning takomillaştirilgan tizimini tasdiqlaş töğrisida” 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda ustamalar qöllanilgan holda amalga oşiriladi:
20 foiz - öqituvçilarga, şuningdek, ixtisoslaştirilgan maktab-internatlarda pedagog xodimlarga, şu jumladan, tarbiyaçilar yordamçilariga çuqur örganiladigan fanlar böyiça amalda ötkazilgan darslar uçun;
20 foiz - ixtisoslaştirilgan san'at va madaniyat maktablarida öquv jarayoni bilan bevosita boğliq bölgan direktorlar, ularning örinbosarlari va psixologlarga;
40 foiz - ixtisoslaştirilgan san'at va madaniyat maktab-internatlarida öquv-tarbiya jarayoni bilan bevosita boğliq bölgan direktorlar. ularning örinbosarlariga;
b) Vazirlar Mahkamasining “Umumiy örta ta'lim muassasalarining 10-11-sinflari öquvçilariga kasbiy ta'lim berişga ixtisoslaşgan öquv-işlab çiqariş majmualarini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida” 2017 yil 24 oktyabrdagi 868-son qarori Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi xamda Özbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslaştirilgan san'at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.












