Yaponiyalik futbolchi, ayni vaqtda 51 yoshda bo‘lgan Kazuyoshi Miura «Yokogama» bilan shartnomasini uzaytirdi.

The Japan Times xabariga ko‘ra, u Yaponiyaning ikkinchi divizioni jamoasida yana bir yil davomida to‘p tepadi.

Shu tariqa, dunyoning eng keksa futbolchisi bo‘lib turgan Miura faoliyatidagi o‘ttiz uchinchi mavsumni o‘tkazadi. 26 fevral kuni u 52 yoshini qarshilaydi.

Ma'lumot uchun, 1967 yilda tug‘ilgan yaponiyalik futbolchi o‘z faoliyatini 1986 yilda, Braziliyaning «Santos» klubida boshlagan.

Miura «Yokogama» safida 2005 yildan buyon o‘ynamoqda. O‘tgan mavsumda u jami 9ta o‘yinda umumiy hisobda 56 daqiqa harakat qildi.

U Yaponiya terma jamoasi safida 89ta o‘yin o‘tkazib, 55 gol urgan.