17 fevral kuni AQŞ uşbu layner bortida bölgan fuqarolarini evakuatsiya qilişga kirişdi. Kema bortida bölgan amerikaliklarning 328 nafari Tokiodan ikki reys orqali AQŞga yuborildi, avvalroq 40 kişi Yaponiyadagi şifoxonalarga joylaştirilgandi - ularda COVID-19 infeksiyasi aniqlangan. AQŞ Davlat departamenti ma'lumotiga köra, AQŞga olib ketilganlar orasida 14 kişida ham sönggi 2-3 kun mobaynida koronavirus aniqlangan, ular Kaliforniyadagi bazada 14 kun davomida karantin holatida bölişadi.

Japan Times naşri ma'lumotiga köra bir qança amerikaliklar laynerni tark etişni istamagan. CNN xabariga köra, ular qariyb ikki haftalik karantindan keyin yana yangi karantinga joylaştirilişlaridan norozi bölişgan. «Bu heç bir ayb qilmasdan qamoqda ötirişga öxşaydi», — degan yölovçilardan biri Keri Mensikalko. 17 fevral kungi reyslarda AQŞga uçişni istamaganlar, uyga qaytişdan oldin Yaponiyada yana ikki hafta ötkazişi kerak böladi.

Avstraliya hukumati «Daymond Prinsess»dan 209 nafar fuqarosini evakuatsiya qilişni rejalaştirgan, ularning heç birida koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan. Evakuatsiya 19 fevral kuni, kruiz laynerda ikki haftalik karantin muddati tugagaç boşlanadi. Avstraliyaga qaytarilgaç bu odamlar yana karantinga joylaştiriladi. «Daymond Prinsess» bortidagi avstraliyaliklarning 150 nafari 60 yoşdan katta kişilardir. Isroil va Kanada ham laynerdagi fuqarolarini evakuatsiya qilmoqçi.

Bortda Buyuk Britaniyaning ham 78 fuqarosi bor, ammo hozirça ularning evakuatsiya qilinişi töğrisida xabar qilinmagan. Kruiz laynerdagi britaniyaliklar hukumat ulardan voz keçgan deb hisoblaşmoqda. Bu yölovçilar hukumatni AQŞdan örnak olgan holda evakuatsiya jarayonini boşlaşga çaqirişmoqda. Buyuk Britaniya Taşqi işlar vazirligi vakili evakuatsiya haqidagi savolga javob bera turib, amaldorlar «bortdagi britaniyaliklar soğligi uçun kun-u tun işlaşayotgani» haqida aytgan. The Telegraph naşrida yozilişiça, britanlar vatanga qaytiş örniga yana Yaponiya hududida karantin holatida qoldirilişi mumkin.

Kazuhiro Nogi / AFP / Scanpix / LETA

Rossiya Federatsiyasi Taşqi işlar vazirligi kema bortida 24 nafar rossiyalik borligi va kemadagi karantin muddati yakunlanganidan keyingina evakuatsiya masalasi muhokama qilinişini bildirgan. Rossiyaning Yaponiyadagi elçixonasi ma'lumotiga köra, kemadagi rossiyaliklardan biri koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan. Qayd etilişiça, bu ayol şifoxonaga yotqiziladi va davolaniş jarayonini ötaydi.

Peterburgda 7 fevral kuni koronavirus böyiça karantindan qoçib ketgan ayol - 32 yoşli Alla Ilina sud qaroridan keyin majburiy ravişda kasalxonaga yotqizildi.