09:29 / 11.01.2019
4387

Ispaniya Kubogi. «Sevilya» birinchi o‘yinda «Atletik»ni mag‘lub etdi

Bilbaodagi «San-Mames» stadionida Ispaniya Kubogining 1/8 finali doirasida «Atletik» va «Sevilya» o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘yin mehmonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda hisobni «Sevilya» hujumchisi Nolito 6-daqiqadayoq ochdi. Ikkinchi bo‘limda «Atletik» himoyachisi Mikel San-Xose hisobni tenglashtirdi. Ammo 4 daqiqa o‘tib — Andre Silva mehmonlarni yana oldinga boshladi. O‘yin oxirida Vissam Ben-Yyedder bilbaoliklar darvozasiga uchinchi golni urdi.

Jamoalarning javob uchrashuvi 16 yanvar kuni Sevilyadagi «Ramon Sanches Pisxuan» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Turnirning 1/16 finalida «Sevilya» «Vilyanovense»ni (0:0, 1:0), «Atletik» — «Ueska»ni (4:0, 4:0) ortda qoldirgandi.

Ispaniya Kubogi
1/8 final
Birinchi o‘yinlar
Atletik – Sevilya 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 6 Nolito, 1:1 – 49 San Xose, 1:2 – 53 Andre Silva, 1:3 – 77 Ben-Yyedder.
Atletik – Simon, Nunes, Yyeray Alvares, Balensiaga, Kapa, San Xose, Kordoba (Inyaki Uilyams, 66), Susayeta (De Markos, 78), Iturraspe, Aduris (Muniain, 42), Guruseta.
Sevilya – Soriano, Ker, Merkado, Karrisu, Arana, Amadu, Mesa (Banega, 54), Promes, Vaskes (Sarabiya, 74), Nolito, Andre Silva (Ben-Yyedder, 68).
Ogohlantirishlar: San Xose (36), Mesa (37), Vaskes (61).
 
Betis – Real Sosedad 0:0 (0:0, 0:0)
Betis – Robles, Bartra, Mandi, Barragan, Gerrero, Guardado (Telo, 62), Vilyam Karvalyu, Sanches (Budebuz, 84), Kanales, Lo Chelso, Sanabriya (Moron, 78).
Real Sosedad – Ruli, Le Norman (Moreno, 69), Teo, Saldua, Lorente, Surutusa (Merino, 46), Subeldiya, Xuanmi, Sangali (Yanuzay, 84), Oyarsabal, Bautista.
Ogohlantirishlar: Saldua (10), Subeldiya (17), Mandi (42), Lorente (79).

Mavzuga oid
Top