Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Öqituvçi maqomi töğrisida”gi Qonun loyihasi joylaştirildi.
Uşbu Qonunning maqsadi öqituvçilik faoliyati bilan boğliq huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarni tartibga soliş va öqituvçilarning huquqiy maqomini töliq ifodalaşni, uning kasbiy faoliyati, ijtimoiy-iqtisodiy mavqei, ijtimoiy himoya kafolatlarini joriy etişni ta'minlaydigan şart-şaroitlarni yaratişdan iborat.
Öqituvçi pedagogik faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardir:
- öquv va ta'limning insonparvarlik xarakter kasb etganligi, ta'lim oluvçining huquq va erkinliklariga, milliy madaniy an'analarga hurmat bilan qaraş;
- qonun talablarining ustuvorligi;
- öquvçilarni tayyorlaş, öqitiş, tarbiyalaşga şaxsan yönaltirilgan yondaşuv;
- umuminsoniy va axloqiy qadriyatlarga rioya qiliş;
- vatanga muhabbat, yuqori fuqarolik pozitsiyasi, xalqlar örtasidagi döstona munosabatlar ruhida öquvçilarni tarbiyalaş;
- ta'limning uzluksizligi;
- pedagogik faoliyat usullari va şakllarini tanlaş erkinligi;
- ta'lim prinsiplarining yagonaligi;
- ilm-fan, texnika va madaniyatning eng sönggi yutuqlari asosida öz bilimlarini takomillaştirib boriş;
- bolalar va yoşlar birlaşmalari, mehnat jamoalari, şuningdek faoliyatlari amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan manfaatdor davlat va nodavlat taşkilotlar bilan hamkorlik.
Özbekiston Respublikasida öqituvçilarning huquqiy maqomi jamiyat tomonidan tan olinadi va ularning kasbiy faoliyatini amalga oşiriş uçun şaroitlar yaratiladi, ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralari köriladi hamda ijtimoiy mavqei va obro‘-e'tiborini oşiriş uçun huquq va erkinliklar beriladi.
Pedagogik işlarning şartlari va xususiyati öqituvçi maqomini, öqituvçining huquqlarini, majburiyatlarini va javobgarligini öz içiga olgan şuningdek ularni amalga oşiriş kafolatlarini belgilaydi.
Öqituvçi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan mustahkamlangan fuqarolarning barça huquq va erkinliklariga ega.
Maktab tizimining taşkil etilişi butunlay yoki qisman özgartirilgan bölsa ham, öqituvçining rasmiy maqomining barqarorligi davlat tomonidan kafolatlanadi.









