Vouchercloud portali tadqiqotçilari dunyodagi «eng aqlli» 25 davlat röyxatini e'lon qildi. Röyxatni tuzişda Nobel mukofoti laureatlari soni, aholining örtaça IQ darajasi va maktablardagi özlaştiriş hisobga olindi.
Röyxatda birinçi örinni Yaponiya egalladi. Kunçiqar yurt uçala körsatkiç böyiça ham eng yuqori bahoga sazovor böldi. Keyingi örinlarga Şveytsariya, Xitoy, AQŞ va Niderlandiya joylaşdi. Xitoy aholi zakovat darajasi yuqori bölgani uçun (ikkinçi örin) uçinçi örinni olgan bölsa, AQŞga törtinçi örinda joylaşişga Nobel mukofoti laureatlari soni yordam berdi.
Vouchercloud Janubi-Şarqiy Osiyo mamlakatlarining körsatkiçlari yuqoriligiga alohida e'tibor qaratdi. Masalan, Janubiy Koreya, Tayvan va Singapur bilimli yoşlar soni böyiça yetakçi örinlarda, ammo faqatgina Nobel mukofoti laureatlari soni kamligi sababli reytingda yuqorida joylaşa olmadi.













