2019 yil 12 yanvar kuni Qaşqadaryo viloyatining Koson tumani Maydayobu mahallasida yaşovçi 17 yoşli X.A. birga yaşovçi bobosi Y.A.ga tegişli, IIB röyxatida bölgan ov miltiğini heç kimga bildirmasdan uyidan olib çiqib ketgan. 

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, natijada X.A. mahallasi hududidagi dala maydonida ov qilmoqçi bölib, öqni almaştirayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida miltiq otilib, öq öng oyoq tizza qismiga tegib, jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.