Belgiyalik uçuvçi Yan Van Rissegem 1961 yilda Şimoliy Rodeziya (hozirgi Zambiya) ustida BMTning öşandagi boş kotibi Dag Xammarşeld bölgan samolyotni urib tuşirgan qiruvçi samolyotni boşqarganini tan olgan. Bu haqda belgiyalik sobiq desantçi Per Koppensga iqtibos keltirgan holda De Morgen naşri xabar berdi.
“Men Yan Van Rissegem samolyotni urib tuşirganini bilaman, çunki bu haqda uning özi menga aytib bergan”, deb ta'kidlab ötgan Koppens.
Naşrning ma'lum qilişiça, desantçi 2007 yilda vafot etgan Van Risseg bilan 1965 yil apreldan iyungaça Belgiyaning Kortreyk şahri yaqinidagi Moorzele aeroportida stajirovkadan ötgan vaqtda tanişgan. Van Rissegem u yerda uçuvçi bölib işlagan.
BMT boş kotibi Xammarşeld va uning 15 hamrohi 1961 yil 17 sentyabrdan 18 sentyabrga ötar keçasi Ndolo (Zambiya) ustida halokatga uçragan. Boş kotib Kongoning Katanga viloyatiga ayirmaçilar yetakçisi Moiz Çombe bilan muzokaralar olib borgani yöl olayotgan bölgan. Boş kotib uçgan Douglas DC-6 samolyoti bölaklari aeroportdan 15 km uzoqlikda topilgan. Halokatning turli sabablari bildirilgan, biroq uning aniq sababi örnatilmagandi.
2017 yilda samolyot havodan urib tuşirilgan bölişi mumkinligi haqida yangi ma'lumotlar paydo bölgan. Natijada BMT Boş assambleyasi öşa fojianing yangi tergovini ötkaziş böyiça rezolyutsiya qabul qilgandi.








