Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kalitni unutgan uchuvchi samolyotga derazadan kirishga majbur bo‘ldi
Samolyot uchuvchisi deraza orqali kabinaga kirishga harakat qildi. British Airways ishchilaridan biri Twitter’dagi akkauntida tegishli rolikni joylashtirgan.
Qayd etilishicha, ko‘p o‘tmay post o‘chirilgan, ammo 12 ming foydalanuvchi uni ko‘rishga ulgurdi hamda bu holat ko‘pchilikni shokka solgan. Daily Mail nashri videoga e'tibor qaratdi. Hodisa Londondagi Xitrou aeroportida sodir bo‘lgan.
«Ehtimol, men aniq savol berarman, lekin nahotki avialayner uchun chindan ham kalitlar bo‘lsa?» - deya ajablangan ba'zilar. «Shuni aytishim mumkinki, bunday ishni faqat asosiy eshik yopiq bo‘lganda va siz kodni eslay olmaganingizda, qilish mumkin», - deya taxminini bildirgan boshqalar. «Bu juda noqulay!» - deya o‘z fikrini bildirgan yana boshqa bir foydalanuvchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ekstremal sharoitda eng katta samolyotning xavfli qo‘nishi videoga olingandi.
Mavzuga oid
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
13:56 / 23.03.2026