Naked Science xabariga köra, RTX tarkibiga kiruvçi Pratt & Whitney kompaniyasi GTF Advantage turboventilyatorli dvigateli foydalanişga kiritilganini eʼlon qilgan. Yangi versiyani joriy etiş Airbus A320neo oilasi samolyotlarining samaradorligini oşirişi kutilmoqda.

Airbus A321XLR - 8 700 kilometrgaça masofani bosib öta oladigan tor fyuzelyajli uzoq masofaga uçuvçi layner. U avval bunday turdagi samolyotlar bilan xizmat körsatiş qiyin bölgan yönalişlarda parvozlarni amalga oşiriş uçun yaratilgan.

RTX maʼlumotiga köra, GTF Advantage A321XLRʼning işonçliligini oşiriş, tortiş kuçini köpaytiriş va yanada uzoq masofali reyslarni bajariş imkoniyatini kengaytirişga xizmat qiladi. Biroq yangi dvigatel bilan parvoz masofasi qançaga oşişi haqida aniq körsatkiç keltirilmagan.

Taʼmirgaça işlaş muddati uzaytirilgan

Yangi dvigatelning asosiy xususiyatlaridan biri - çidamliligi oşirilgani. Işlab çiqaruvçining taʼkidlaşiça, uning texnik xizmat körsatişgaça işlaş muddati amaldagi versiyaga nisbatan ikki baravargaça köp bölişi mumkin.

Şuningdek, GTF Advantageʼning yuqori haroratda işlaydigan qismlari takomillaştirilgan. Kompaniya uni tor fyuzelyajli samolyotlar dvigatellari orasidagi eng ilğor «issiq qism» deb taʼriflamoqda.

Konstruksiyadagi özgarişlarga qaramay, GTF Advantage mavjud GTF versiyasi bilan moslikni saqlab qolgan. Bu har ikki turdagi dvigatel örnatilgan samolyotlardan foydalanuvçi aviakompaniyalar uçun ekspluatatsiyani yengillaştirişi mumkin.