«Hindiston - Markaziy Osiyo» muloqoti taşqi işlar vazirlarining Afğoniston iştirokidagi birinçi uçraşuvi yakunlari böyiça qöşma bayonot matni e'lon qilindi.

«Hindiston – Markaziy Osiyo» muloqotining vazirlar darajasidagi Afğoniston iştirokidagi birinçi uçraşuvi 2019 yil 13 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Samarqand şahrida bölib ötdi. Uçraşuvda Afğoniston Islom Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, Qirğiziston Respublikasi, Qozoğiston Respublikasi, Özbekiston Respublikasi, Hindiston Respublikasi taşqi işlar vazirlari iştirok etdi.

Tomonlar Hindiston va Markaziy Osiyo örtasida madaniy, savdo va gumanitar aloqalar azaldan mavjudligini qayd etib, Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi izçil, samarali va döstona munosabatlarni özaro manfaatli hamkorlikni ikki va köp tomonlama şakllarda mustahkamlaş borasidagi intilişlari qat'iy ekanini ta'kidladilar.

Tomonlar xavfsizlik, barqarorlik va izçil taraqqiyotni ta'minlaş maqsadida hamkorlik, özaro qöllab-quvvatlaş, dolzarb masalalarni birgalikda hal qilişga bölgan intilişlarini tasdiqladilar. Şu ma'noda, uçraşuv iştirokçilari 2018 yil 15 mart kuni Ostona şahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinçi işçi (maslahat) uçraşuvi muvaffaqiyatli ötkazilganini qutladilar.

Tomonlar barça şakl va körinişdagi terrorizmni qoralab, butun dunyo xalqlari va iqtisodiyotga tahdid solayotgan terrorizmga qarşi kuraşişda hamkorlikka kelişib oldilar.

Vazirlar Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy ösişiga doir muammo va vazifalarni özaro kelişilgan holda hal etişni ta'minlaydigan loyihalarni teng huquqlilik, özaro foyda va manfaatlarni hurmat qiliş tamoyillari asosida işlab çiqiş va amalga oşiriş muhim ekanini alohida ta'kidladilar.

Tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş uçun real imkoniyatlar yaratiş, özaro erkin savdo uçun qulay şaroitlarni ta'minlaş maqsadida hamkorlikni mustahkamlaşga intilişini bildirdilar.

Taşqi siyosat idoralari rahbarlari özaro savdo hajmini oşirişga kömaklaşiş, sanoat, energetika, axborot texnologiyalari, farmatsevtika va qişloq xöjaligi, ta'lim va kadrlar tayyorlaş sohalariga investitsiyalar, innovatsiya va texnologiyalar jalb etişdagi hamkorlikning istiqbolli imkoniyatlari va yönalişlarini muhokama qildilar.

Tomonlar işbilarmon doiralar va biznes taşkilotlari örtasidagi töğridan-töğri aloqalarni rivojlantirişga, kompaniya va korxonalar kooperatsiyasining yangi şakllariga ötişga kömaklaşişga tayyor ekanligini tasdiqladilar. Kiçik va örta biznes, startaplar, vençur biznesi darajasida hamkorlikni ilgari suriş zarurligini ta'kidladilar. Tarmoq biznes forumlari va boşqa özaro biznes tadbirlarini doimiy asosda ötkaziş muhimligini qayd etdilar.

Taşqi siyosat idoralari rahbarlari mintaqaning investitsiya muhiti va investitsion jozibadorligini, Markaziy Osiyo mamlakatlarining xalqaro makondagi işbilarmonlik imkoniyatlarini yaxşilaş böyiça özaro muvofiqlaşgan sa'y-harakatlarni amalga oşiriş muhimligini ta'kidladilar. Vazirlar Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari hududlari va şaharlari örtasida töğridan-töğri özaro manfaatli iqtisodiy va madaniy aloqalarni yölga qöyiş va kengaytiriş zarurligiga alohida e'tibor qaratib, bu yönalişda kömaklaşişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Vazirlar Markaziy Osiyo mamlakatlarining tranzit va transport-kommunikatsiya salohiyatini rivojlantiriş, mintaqaning transport-logistika tizimini takomillaştiriş borasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş, mintaqaviy va xalqaro transport yölaklarini yaratiş böyiça qöşma taşabbuslarni ilgari surişdan manfaatdor ekanliklarini ta'kidladilar. Xususan, iştirokçilar Xalqaro transport va tranzit yölagini yaratiş böyiça Aşxobod Bitimiga Hindistonning qöşilganini ijobiy baholadilar.

Taşqi siyosat idoralari rahbarlari Markaziy Osiyo mamlakatlari va Hindiston örtasidagi savdo munosabatlarini rivojlantiriş zarurligini qayd etib, hamkorlikning köp tomonlama mexanizmlarini körib çiqiş maqsadga muvofiq ekanini ta'kidladilar.

Vazirlar Markaziy Osiyo mamlakatlari va Hindiston özaro sayyohlar oqimini kengaytiriş uçun qulay şaroitlar yaratiş, turizm infratuzilmasini rivojlantirişda intilişi qat'iy ekanini ta'kidladilar. Tomonlar Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqaviy turizm yönalişlari va turli sayohatlarni taşkil etiş muhimligini qayd etdilar.

Tomonlar madaniyat, ilm-fan, ta'lim va sport sohalarida, jumladan, BMT Boş Assambleyasining A/RES/73/128 "Ma'rifat va diniy bağrikenglik" rezolyutsiyasini amalga oşiriş doirasida yoşlarga oid qöşma loyihalari hayotga tatbiq etilişiga alohida e'tibor qaratdilar.

Vazirlar qöşma loyihalarni röyobga çiqariş orqali madaniyat, fan, ta'lim, tibbiyot, axborot sohalarida ikki va köp tomonlama hamkorlikni mustahkamlaşdan, şuningdek, "xalq" diplomatiyasi doirasida madaniy-gumanitar almaşuvlarni qöllab-quvvatlaş, ekspert-tahlil va jamoatçilik doiralari, OAV örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Tomonlar umumiy madaniy meros va tarixiy yodgorliklarni asraş va örganiş masalalaridagi hamkorlikka ustuvor ahamiyat qaratdilar.

Taşqi siyosat idoralari rahbarlari köp tomonlama forumlar va taşkilotlar doirasida hamkorlikni davom ettiriş, jumladan, pozitsiyalarni kelişiş, axborot almaşiş, nomzodlarni özaro qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Vazirlar mintaqaviy hamkorlik, tovarlar va energiya resurslari tranzitining muhim böğini bölgan Afğonistonning "Hindiston –Markaziy Osiyo" muloqotining birinçi uçraşuvidagi iştirokini ma'qullab, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Hindistonning Afğonistonda tinçlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş, uşbu mamlakatda bevosita afğon xalqi rahbarligida va sa'y-harakatlari bilan tinçlik jarayonini örnatişga kömaklaşişda, şuningdek, qöşma infratuzilmaviy, tranzit-transport, energetika va boşqa loyihalarni amalga oşiriş, jumladan, mintaqaviy hamkorlik va investitsiya loyihalari orqali Afğonistonning iqtisodiy tiklanişini qöllab-quvvatlaşga tayyor va bu borada intilişlari qat'iy ekanini ta'kidladilar. 

Taşqi siyosat idoralari rahbarlari afğonistonlik xotin-qizlarni mamlakat ijtimoiy hayotiga jalb etiş orqali Afğonistonda barqaror iqtisodiy ösişni ta'minlaş muhimligini ta'kidladilar hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida uşbu masalalarga doir konferensiya va forumlar muvaffaqiyatli ötkazilişini ma'qulladilar.

Vazirlar 2017 yil noyabr oyida Aşxobod şahrida bölib ötgan Afğoniston böyiça yettinçi mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferensiyasi (RECCA VII) natijalarini qayd etib, Afğoniston böyiça sakkizinçi mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferensiyasini (RECCA VIII) 2019 yilning ikkinçi yarmida Toşkent şahrida ötkazişga hozirlik doirasida hamkorlik qilişga tayyor ekanini tasdiqladilar.

Iştirokçilar Afğoniston bilan birgalikda madaniy tadbirlar, ta'lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oşirişda qöşma taşabbuslar uçun ulkan salohiyat mavjudligiga e'tibor qaratib, Afğoniston tomonining xalqaro yoşlar forumi, festivali, tanlovlar, ilmiy konferensiyalar, körgazma va boşqa qöşma tadbirlarda iştirok etişiga yordam berişga tayyor ekanini bildirdilar.

Tomonlar uçraşuvning Samarqand şahrida muvaffaqiyatli ötkazilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar hamda uni taşkil etgan Özbekiston Respublikasiga çuqur minnatdorlik bildirdilar.

Iştirokçilar taşqi işlar vazirlari darajasidagi "Hindiston –Markaziy Osiyo" muloqotini Afğoniston iştirokida ötkazişni muntazam davom ettirişga hamda uşbu formatda 2020 yilda Nyu-Dehli şahrida uçraşişga kelişib oldilar.