2019 yil 28 yanvardan boşlab turk kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Pul va gul işqi” (“Kara para aşk”) teleseriali soat 20:50da “Mening yurtim” telekanalida özbek tilida namoyiş etila boşlanadi.
My5 milliy seriallar tizimini saqlab qolgan telekanal hisoblanadi. Sakson qismdan iborat “Fitna” seriali köpçilik teletomoşabinlar qalbini zabt etdi, hozir efirda ketayotgan Ozod Şamsning “Yuraklar jangi” ham öz auditoriyasini yiğa oldi. Bahoriy mavsumda esa 200 qismlik “Jurnalist” milliy teleseriali ham muxlislarga taqdim etiladi.
Milliy seriallarni qöllab-quvvatlaşni davom ettirgan holda telekanal rahbariyati köp sonli teletomoşabinlarning talab va istaklaridan kelib çiqib, xorij serialini ham efirga uzatişni rejalaştirmoqda.
Aksariyat tanqidiga sabab bölayotgan va tarbiyaviy me'yorlarga mos kelmaydigan seriallardan farqli ölaroq, “Pul va gul işqi”ning asosiy mohiyati insoniy munosabatlar, pok muhabbat, halol mehnat, vatanparvarlik, adolat va sadoqat asosiga qurilişi kerakligi xulosasini beradi. Mana şu jihatlar sabab bölsa kerak, bu serial dunyoning 30 ga yaqin davlatlarida namoyiş etilgan.
“Pul va gul işqi” drama va melodrama janrida bölib, rejissyor Axmed Katiksiz tomonidan suratga olingan. Unda turk kinosining maşhur yulduzlari Tuba Buyukustun, Engin Oyyurak, Nebahat Çehra, Erkan Jan, Saygin Sosyal va Tumana Turkay kabi aktyorlar iştirok etgan. Özbek teletomoşabinlar uçun Tuba Buyukustun nomi juda yaxşi taniş bölib, u “Osiyo”, “Arğuvonlar ostida” va “Jasur va gözal” kabi seriallardagi rollari bilan tomoşabinlarning qalbini zabt eta olgan.
Serial politsiya komissari Ömerning odam savdosiga qarşi operatsiyasi bilan boşlanadi. Ömer kasbiga sadoqatli xodim sifatida işga qattiq berilganida bu operatsiya sabab unaştiriş marosimini ham keçiktiradi. Ikkinçi qahramonimiz Elif esa biznes olamining nufuzli kişilardan bölgan Ahmet Denizerning qizi bölib, öziga xos gözalligi va latofati bilan ajralib turadi. E'tibor bergan bölsangiz, serial detektiv seriallardek boşlandi biroq, kutilmagan fojia Ömer va Elif yöllarini birlaştiradi. Jinoyat joyiga kelgan Ömer maşinada qalliği va Ahmet Denizerni ölik holda topadi. Bu ayançli fojyea Ömerni judolik alamidan-da kuçli jumboqli savollar iskanjasiga soladi. Ömer va Elifning favqulodda vaziyatdagi tanişuvi ular hayotidagi sinovlarning ibtidosi edi. Agar bu bir körişda muhabbat deganlari şu bölsa ilk uçraşuvdayoq uçqun otib, kelajakda otaşin işqqa aylanişi turgan gap edi. Ularning ikkisi ham oliyjanob va yuksak insoniy fazilatlar egasidir.
Teleserial ijodiy guruhi tomonidan juda yorqin va iste'dodli aktyorlar guruhi tanlangan bölib, ularning har birini ijrosi esda qolarli, ta'sirli va kişini lol qilar darajada professionaldir. Haşamdor dekoratsiyalar, zamonaviy obrazlar, qalbga malham beruvçi musiqalar, Istanbulning gözal manzaralar va Omer va Elif örtasidagi hissiyotlar şu qadar işonarli çiqqanki, hatto bir lahzaga televizor tomoşa qilayotganingizni ham unutib qöyasiz. Aktrisa ham bejizga bu roli uçun xalqaro Emmi mukofotini qölga kiritmaganiga yana bir bor amin bölasiz.








