Rossiyaning noyadroviy jangovar kallakli raketalari yadroviy qurolidan qirğinbarotroqdir, AQŞ örta va kiçik masoflarga möljallangan raketalarni yöq qiliş kelişuvidan çiqib katta xato qilmoqda. Bunday fikrni AQŞning Foreign Policy jurnali bildirdi.

Naşrning ta'kidlaşiça, kelişuvdan çiqiş Vaşington uçun halokatli bölişi mumkin. Moskvada yadroviy salohiyatni oşirişga hojat yöq, biroq kelişuvning bekor qilinişi unga oddiy jangovar kallakli yangi raketalarni quruqlikda joylaştirişga imkon beradi.

Maqolada NATO kelişuv ostiga tuşuvçi qanotli raketalardan katta miqdorda foydalanişi ta'kidlab ötilgan. Bunday raketalar jangovar kemalar, suv osti kemalari va samolyotlarda joylaştirilgan. Rossiyaning bunga yagona javobi quruqlikda joylaştiriluvçi qirğinbarot noyadroviy raketalarni işlab çiqişi böladi. Bunday texnologiyalar Moskvada bor, Vaşingtonning kelişuvdan çiqişi esa ularni hayotga tatbiq qilişga imkon beradi. 

Kelişuv 1987 yilda sobiq ittifoq va AQŞ prezidentlari Mixail Gorbaçyov va Ronald Reygan tomonidan imzolangan. Kelişuv quruqlikda joylaştiriluvçi qanotli raketalarga egalik qiliş, ularni işlab çiqiş va sinovdan ötkazişga imkon bermaydi. 2018 yil oktyabrda AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞning kelişuvdan çiqişini e'lon qildi.