2018 yil yanvar-dekabr oylarida Özbekiston böyiça köçib kelganlar soni 160,0 ming kişini (157,2 ming kişi respublika hududlaridan, 2,8 ming kişi xorijiy mamlakatlardan), köçib ketganlar soni esa 176,2 ming kişini (157,2 ming kişi respublika hududlariga, 19,0 ming kişi xorijiy mamlakatlarga) taşkil etdi. 

Davlat statistika qömitasi xabariga köra, migratsiya saldosi minus 16,2 ming kişi bölib, 2017 yilning mos davrida minus 18,6 ming kişi bölgan.

Migratsiya saldosining yuqori darajasi Toşkent viloyatida (minus 5,6 ming kişi), Qaşqadaryo viloyatida va Qoraqalpoğiston Respublikasida (minus 4,2 ming kişi) va Samarqand viloyatida (minus 3,7 ming kişi) qayd etildi. 

Migratsiya saldosining ijobiy darajasi Toşkent şahrida (plyus 15,3 ming kişi) kuzatildi.

2018 yil yanvar-dekabr oylarida doimiy yaşaş uçun Özbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan köçib kelganlar soni 2849 kişini taşkil qildi. Bu borada yetakçilik Tojikistonda - 28,1 foiz. Keyingi örinlardan Qozoğiston (27,5 foiz), Rossiya (24,1 foiz), Qirğiziston (9,7 foiz) va boşqa davlatlar (10,6 foiz) joy oldi.

2018 yil yanvar-dekabr oylarida doimiy yaşaş uçun Özbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga köçib ketganlar soni 19006 kişiga teng böldi. Bunda yetakçilik Rossiyada - 47,2 foiz. Keyingi örinlardan Qozoğiston (47,1 foiz), AQŞ (1,2 foiz), Isroil (0,7 foiz) va boşqa davlatlar (3,8 foiz) joy oldi.