«Dunyo» axborot agentligi xabariga koʻra, ayol Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgani uchun vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Uning farzandi esa Novosibirskdagi mehribonlik uyida boʻlgan.
Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi vakillari saqlash markazi va mehribonlik uyi rahbariyati bilan tezkor muzokaralar olib borgan. Natijada ayol ozod etilgan va unga vatanga qaytish sertifikati rasmiylashtirilgan.
Diplomatlar bolani «Tolmachyovo» xalqaro aeroportiga olib kelib, onasiga topshirgan. Shundan soʻng ularning Oʻzbekistonga qaytishiga koʻmaklashilgan.
Bosh konsulxona vakillari soʻnggi bir hafta ichida jami besh nafar bolaning Oʻzbekistonga qaytishiga yordam bergan.
















