Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining texnik salohiyatini mustahkamlash sohasida ko‘rsatilgan eng ko‘p miqdordagi texnik ko‘mak Xitoy Xalq Respublikasi hissasiga to‘g‘ri kelmokda, deb yozadi Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.
Matbuot xizmatining bildirishicha, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona postida Xitoyning "NUCTECH COMPANY LIMITED" kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 36,8 milliard so‘mlik inspeksion-ko‘rik majmuasi foydalanishga topshirildi. Bu XXR granti doirasida taqdim etilishi rejalashtirilgan 5 ta katta hajmdagi skaner qurilmalarining ikkinchisidir.

Mazkur inspeksion-ko‘rik majmuasini foydalanishga topshirish marosimida Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mutalibjon Saliyev, viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i Tolibjon Saidov, "NUCTECH COMPANY LIMITED" kompaniyasi servis markazi boshlig‘i Zang Chunshou, tuman hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.












