«Xavfsiz va soğlom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari içki işlar va bojxona organlari bilan hamkorlikda bir qator tezkor tadbirlar ötkazdi.

Jumladan, Denov tumanida yaşovçi, 1980-yilda tuğilgan şaxsning xonadoni közdan keçirilganda 1 kg 7 gramm opiy va 998 gramm gaşiş moddalari aniqlangan.

Maʼlum qilinişiça, uşbu şaxs avval ham giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyat uçun sudlangan bölib, aniqlangan narkotik moddalarni keyinçalik sotiş maqsadida saqlab kelgan.

Denov tumanida qayd etilgan yana bir holatda 1986 va 1966-yillarda tuğilgan ikki nafar fuqaro 491 gramm gaşişni şartli xaridorga 85 mln sömga sotayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Ular ham avval giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyatlar uçun sudlangani aytilmoqda.

Uçinçi holat Termiz şahrida qayd etilgan. 2003-yilda tuğilgan Afğoniston fuqarosi «Termiz xalqaro savdo markazi» hududida 506 gramm opiy moddasini şartli xaridorga 2,5 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtida qölga olingan.

Tezkor tadbir davomida aniqlanişiça, gumonlanuvçi giyohvandlik vositasini qöşni davlatdan yaşirin ravişda olib kiriş uçun öz içki organidan «jonli konteyner» sifatida foydalangan.

Qayd etilgan uçta holatda jami 3 kilogrammdan ortiq opiy va gaşiş moddalari muomaladan olingan.

Hozirda barça holatlar yuzasidan gumonlanuvçilarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.