Köpçilik Finlyandiyani sovuqlik va qoronğulik mamlakati sanaydi. Şunga qaramay fotograf Ossi Saarinen vatani uzoq çözilgan qişdan köra köproq narsa ekanini isbotlamoqda. U dunyoga Finlyandiyaning yana bir ajoyib va öziga jalb etuvçi jihatini namoyiş etyapti.
Ossi özining fin tabiati, mamlakat maydonining deyarli törtdan uç qismini egallagan örmonlarga bağişlangan suratlari bilan kişiga betakror kayfiyat ulaşadi. Uşbu sokin örmonlarda yovvoyi jonivorlar kun keçiradi va öz mavjudligidan bahra oladi.
Saarinenning suratlaridagi fin jonzotlari sirli va maftunkor körinadi. Ular xuddi hozirgina ertak kitoblari sahifalaridan çiqib kelganga öxşaydi. Fotograf jonivorlar va insonlarning har bir uçraşuvini unutilmas va ğaroyib tajriba deb hisoblaydi. Va albatta u betakror fin tabiatini tarixga muhrlaş imkonini qöldan çiqarmaydi.






































