Uzoq yillar davomida yevropaliklar kelguniga qadar Amazonka tropik örmonlari kam aholi yaşaydigan hudud hisoblanib kelgan. Biroq yangi tadqiqotlar bu tasavvur töliq emasligini körsatdi.
Nature jurnalida çop etilgan ilmiy işda Braziliyaning Akri va Amazonas ştatlarida joylaşgan qadimgi geogliflar - katta dumaloq, törtburçak va köpburçak şaklidagi yer inşootlari örganildi. Ularning ayrimlari bir neça gektar maydonni egallaydi, aylanma xandaqlarining çuqurligi esa beş metrgaça yetadi.
Tadqiqotçilar havodan lazerli skanerlaş (LiDAR) texnologiyasidan foydalanib, umumiy uzunligi 4 430 kilometr bölgan yönalişlar böylab hududni örgandi. Uşbu texnologiya daraxtlar şox-şabbasi orqali yer yuzasining raqamli modelini yaratiş imkonini berdi.
Natijada ilgari ma’lum bölmagan köplab qadimgi inşootlar aniqlandi. Jami 432 ta yer inşooti qayd etildi. Ulardan faqat 36 tasi avvaldan ma’lum edi, qolganlari ilk bor aniqlandi.
Olimlar lidar ma’lumotlari, sun’iy yöldoş tasvirlari, arxeologik qazişmalar va boşqa ma’lumotlarni birlaştirib tahlil qildi. Ular Akri tsivilizatsiyasi egallagan hudud taxminan 183 ming kvadrat kilometr bölganini hisoblab çiqdi.
Tadqiqot mualliflari uşbu hududda jami 24–30 minggaça yer inşooti mavjud bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Ularning qariyb uçdan ikki qismi Akri madaniyatiga tegişli hisoblanadi. Geogliflarning aksariyati miloddan avvalgi 600-yildan milodiy 850-yilgaça bölgan davrda qurilgan, quriliş işlarining eng faol bosqiçi esa milodiy 100–300-yillarga töğri keladi.
Tadqiqotga köra, mazkur geogliflar doimiy aholi yaşaydigan qişloq yoki qal’alar emas, balki diniy marosimlar, jamoat yiğinlari va siyosiy tadbirlar ötkaziladigan markazlar bölgan. Bunday majmualarni quriş va saqlaş uçun minglab odamlar, mehnat taqsimoti, geometriya bilimlari va yaxşi taşkil etilgan jamiyat zarur bölgan.
Şu asosda olimlar Akri tsivilizatsiyasining eng rivojlangan davrida aholi soni 1,25 milliondan 3 million nafargaça bölganini baholamoqda.
Tadqiqotçilarning qayd etişiça, mahalliy aholi makkajöxori, qovoq va boşqa ekinlarni yetiştirgan, tuproq unumdorligini saqlagan, nazoratli öt qöyiş usulidan foydalangan hamda Braziliya yonğoği va palma kabi foydali daraxtlarni keng tarqatgan. Şu bois Amazonka örmonlarining hozirgi ösimlik qoplami va tuproq xususiyatlarining bir qismi ming yillik inson faoliyati natijasi bölişi mumkin.
Amazonka örmonlari ostida minglab qadimgi inşootlar kaşf etildi
09:40 / 04.08.202631 8893 min
Braziliyaning janubi-ğarbiy Amazoniya hududida ötkazilgan tadqiqotlar qadimgi tsivilizatsiya haqidagi tasavvurlarni özgartirdi. Olimlar havodan lazerli skanerlaş texnologiyasi yordamida örmonlar ostida yaşiringan yuzlab yer inşootlarini aniqlab, bu yerda ikki ming yil avval 3 milliongaça aholi yaşagan bölişi mumkinligini ma’lum qildi.

















