Hongkongda qurilişiga 4,6 mlrd dollar investitsiya qilingan yangi avtomobil tunneli oçildi. Bu loyihaning amalga oşirilişi 10 yil vaqt olgan.
Gap uzunligi 4,5 kmlik transport tuguni haqida ketmoqda. Undan 3,7 kilometri Hongkong orolining şimoliy sohili böylab, qisman dengiz tubi orqali ötgan. Yangi tunnel ikki tomonga uçtadan harakatlaniş polosasiga ega va şaharning markazida yöllardagi qatnovni kamaytirişga qaratilgan. Tunnel orqali ötiş bepul böladi.
Tunnel, ta'kidlanişiça, dunyodagi eng yirik şamollatiş va havoni tozalaşning öziga xos tizimi bilan jihozlangan. Bu tizim çiqindi gazlardagi zararli moddalarning 80 foizini bartaraf etişga imkon beradi va har soatda 5,4 mln kub metr havoni filtrlaşga qodir.
“Yaşillar” harakati vakillari uşbu tunnel joriy qilinişini qutlaşgan va hukumatni unda qöllangan texnologiyalarni şunday boşqa inşootlarda qöllaşga çaqirişgan.












