Toşkentda jinoyat sodir etgani uçun qidiruvda bölgan bir guruh şaxslar uşlandi. Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qilişiça, ular qölga oliş çoğida faol qarşilik körsatgan.

Toşkent şahar IIBB xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlarini ötkaziş davomida muqaddam bir neça bor sudlangan, şu yilning 14 yanvarida firibgarlik jinoyatini sodir etgani uçun Farğona viloyat IIB tomonidan qidiruvga berilgan 26 yoşli Vohid Toşmatovning yaşaş joyini aniqlaşgan. 

«Ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida IIBB xodimlari ilgari bir neça bor sudlangan va joriy yilning 14 yanvar kuni Farğona viloyati IIB tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi 3 qismi («Firibgarlik»)da qayd etilgan jinoyatni sodir etgani uçun qidiruv e'lon qilingan 26 yoşli Vohidjon Uluğbekoviç Toşmatovning turar joyini aniqlaşdi. Qölga oliş vaqtida qidiruvda bölgan şaxs bilan bir xonadonda bölgan qarindoşlari IIBB xodimlariga faol qarşilik körsatişdi. Ikki nafar xodimga tan şikastlari yetkazilgan. Xizmatdoşlariga yordamga yetib kelgan içki işlar organlari xodimlari V. Toşmatov bilan ön kişini qölga olişdi», deyiladi xabarda.

Tekşiruv davomida qölga olingan şaxslardan yana uç nafari jinoyat sodir etgani uçun qidiruvda bölişgani aniqlangan. Ulardan biri Farğona viloyati IIBB tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida («Firibgarlik») qayd etilgan jinoyatni sodir etgani uçun qidiruvga e'lon qilingan 46 yoşli Odina Solijonovna Sohibova; Toşkent viloyati IIB tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismida («Bezorilik») qayd etilgan jinoyatni sodir etgani uçun qidiruvga e'lon qilingan farğonalik 22 yoşli Ozodbek Şuhratoviç Sohibov; Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismida («Bezorilik») qayd etilgan jinoyatni sodir etgani uçun Farğona viloyati IIB tomonidan qidiruvga e'lon qilingan 24 yoşli Zohid Uluğbekoviç Toşmatov. 

«Toşkent şahar IIBB qölga olingan şaxslar tomonidan poytaxt hududida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasida («Firibgarlik») qayd etilgan jinoyatni sodir etganliklari töğrisida ma'lumotga ega», deyilgan xabarda.