Yaqinda Kun.uz'da Abdulazizxon madrasasining bugungi kundagi ahvoli töğrisida maqola e'lon qilingandi. Jurnalist Saodat Abdurahmonova madrasa nega hozirgi ta'mirtalab ahvoliga kelib qolgani borasida şartli savolni örtaga taşlagan bölib, bunga «e'tiborsizlik, konservatsiya va obidalarni qayta ta'mirlaş işlari böyiça mutaxassislarda könikma, bilim yetişmasligi» sabab bölayotganini bayon etgan.
Bunga javoban Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş ilmiy-işlab çiqariş boş boşqarmasining Buxoro va Navoiy viloyatlari böyiça mintaqalararo davlat inspeksiyasidan berilgan xabarga köra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bölgan obektlarni quriş, rekonstruksiya qiliş va mukammal ta'mirlaş direksiyasi mablağlari hisobidan, Abdulazizxon madrasasida 2019 yilda ta'mir işlarini işlari amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Ma'lum qilinişiça, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 iyundagi «YuNeSKOning umumjahon merosi röyxatiga kiritilgan Özbekiston Respublikasidagi hududlarni muhofaza qiliş töğrisida»gi qarorining 4 va 9-bandlariga muvofiq, Umumjahon merosi röyxatiga kiritilgan Buxoro tarixiy qismi alohida muhofaza etiladigan hudud sifatida e'tirof etilib, unda rejalaştirilgan barça quriliş va obodonlaştiriş işlarining loyihalari YuNeSKOning Umumjahon merosi markazi va Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan belgilangan tartibda avvaldan kelişilgan holda amalga oşirilişi şart.
«Buxoro tarixiy markazi va uning muhofaza hududidagi barça kapital quriliş işlari, ularning loyihalari Umumjahon merosi markazi tomonidan ma'qullangunga qadar töxtatilişi belgilab qöyilganligi sababli ta'mirlaş işlarini olib boriş vaqtinçalik töxtatilgan.
YuNeSKOning Umumjahon merosi markazi xalqaro ekspertlaridan iborat olimlar tomonidan Eski şahardagi obidalarni tadqiq etiş işlari boşlangan. Izlanişlar natijasi böyiça belgilangan tartibda özlarining xulosalarini berişi közlangan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, xalqaro ekspertlar xulosalari hamda Umumjahon merosi markazi tomonidan loyihalar ma'qullanganidan keyin Abdulazizxon madrasasida ta'mir işlari davom ettirilişini ma'lum qilamiz», – deyiladi xabarda.
Ma'lumot uçun, Abdulazizxon madrasasi 2008 yil 9 oktyabrda Buxoro viloyati hokimining qarori bilan Moddiy madaniy meros obektlari davlat röyxatiga olingan. Inşoot Aştarxoniylarning beşinçi vakili Abdulazizxonning buyruği bilan me'mor Mimxoqon ibn Xöja Muhammadamin tomonidan 1652 yilda qurilgan. Madrasa XVII asr Buxoro me'morçiligining yetuk namunasidir.








