2018 yil yakunlari böyiça paxta tolasining umumiy eksport hajmidagi uluşi (1,6%) ötgan yilning şu davriga nisbatan sezilarli darajada kamaydi.

Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, uşbu davrda 222,1 mln dollarlik 115,6 ming tonna paxta tolasi eksport qilindi.

Eksport umumiy hajmidagi paxta tolasi uluşiga nisbatan tendensiya tahlili şuni körsatdiki, 2015 yilda paxta tolasi eksporti uluşi uning umumiy hajmidan 5,9%ni taşkil etgan. Şu bilan birga, 503,8 ming tonna xomaşyo eksportga çiqarilgan.

2016 yilda 416 ming tonna paxta tolasi eksport qilindi.

2017 yil yakunlari böyiça eksport umumiy hajmida paxtaning uluşi 3,8%gaça kamaydi - 278,9 ming tonna xomaşyo eksport qilindi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston 2,9 mlrd dollarlik oltin eksport qilgani xabar berilgandi.