2030 yilga qadar, Özbekistonda elektroenergiyaga bölgan talab 117 milliard kVt/s ga yetib borişi taxmin qilinmoqda. Ayni paytda esa «Özbekenergo»​ AJ yiliga 56-58 milliard kVt/s energiya işlab çiqarmoqda. Bu haqda jamiyat boşqaruv raisi birinçi örinbosari Ruslan Mubarakşin Kun.uz'ga ma'lum qildi.

«Respublika böylab, energiya işlab çiqariş umumiy quvvati 14,1 ming megavattni taşkil etadi. Şundan faqat 12 ming megavatt energiya işlab çiqariş salohiyati «Özbekenergo»​ga tegişli. Bundan taşqari, gidroenergiya va generatsiya manbasiga ega turli korxonalar mavjud. Mustaqillik yillarida işlab çiqariş quvvati 3 ming megavattdan ortiq darajaga oşdi. 2021 yilga qadar işlab çiqariş quvvat 1,8 ming megavattga oşişi belgilangan»​, – deydi Ruslan Mubarakşin. 

Şunga qaramay, respublikada energiyaga bölgan talab kun sayin ortib bormoqda. Mubarakşinnig aytişiça, 2030 yilga borib, Özbekistonda elektroenergiyaga bölgan talab 117 milliard kVt/s ga yetib boradi. Ayni paytda kompaniya avvalgi yil hisoboti bilan soliştirganda 20-30 million kVt oşiqça energiya işlab çiqaryapti.

«Barça stansiyalar töliq iş quvati bilan işlayapti, bundan taşqari qöşimça-zaxira kuçlarimiz ham bor. Asosiy muammo – yoqilği yetişmasligida. Har yili energiyaga bölgan talab 3-4 foizga oşib bormoqda. Biz buni qoplayapmiz. Hukumat tomonidan oldimizga qöyilgan vazifa ham şu: zaxira quvvatlarini oşiriş va barqarorlikni ta'minlaş»​, – deydi u.

Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasi Prezidentining tarkibiy özgarişlar, işlab çiqarişni modernizatsiyalaş va diversifikatsiya qiliş böyiça farmoniga muvofiq «Özbekenergo»​ AJ da 2018 yildan 2021 yilgaça bölgan davrda umumiy qiymati 11 mlrd. AQŞ dollariga teng 52 ta investitsion loyihalarni amalga oşiriş nazarda tutilmoqda.