«Ozodlik Radiosi» (töla nomi - «Ozod Yevropa Radiosi/Ozodlik Radiosi», RSe/RS) - AQŞ Kongressi tomonidan moliyalaştiriladigan xalqaro notijorat radiouzatiş taşkiloti. Bu haqda CA-News xabar qilmoqda.

AQŞning Global medialar böyiça agentligi vasiy hisoblanadi. Missiyasi - «matbuot erkinligi hukumat tomonidan çeklangan yoki hozirça jamoat hayotining normasiga aylanmagan mamlakatlar auditoriyasiga murojaat qiliş orqali, demokratik qadriyatlar va institutlarni tarğib etiş».

2018 yil oktabr oyi holatiga köra, efirga uzatiş Şarqiy Yevropa, Markaziy Osiyo, Yaqin va Örta Şarqning 23 mamlakatida 26 tilda amalga oşirilmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlarida «Radio Azattik» qozoq xizmati, «Ozodi Radiosi» tojik xizmati, «Radio Azattik» qirğiz xizmati, «Azatlik Radiosi» turkman xizmati va «Ozodlik Radiosi» özbek xizmati mavjud.

Quyida «Ozodlik Radiosi»ning Markaziy Osiyo xizmatlari uçun AQŞ budjeti hisobidan moliyalaştiriş jadvali taqdim etilgan.

Efirga uzatişdan taşqari, «Ozodlik Radiosi» Internet orqali ham öz eşittirişlarini beradi va televizion dasturlar yaratadi. Taşkilotning boş qarorgohi Vaşingtonda, dasturiy markazi - Pragada (1995 yiligaça Myunxenda joylaşgan), şuningdek, 17ta mintaqaviy byuro mavjud.

«Ozodlik Radiosi»ning rasmiy saytidagi ma'lumotlarga köra, RSe/RS’da taxminan 400 nafar jurnalist va 750 nafarga yaqin frilanser işlaydi.