Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Başar al-Ja'fariy sözlariga qaraganda, Damaşq Tel-Aviv aeroportiga zarba beriş bilan Isroil hujumlariga javob qaytarişi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Uning sözlariga köra, Damaşq Isroilning Suriyaga zarbalari munosabati bilan BMT Xavfsizlik kengaşi tomonidan tegişli çoralar körilmasa, şunday qadamga borişi mumkin.
Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, Isroil Suriya hududiga «muntazam ravişda hujum» qilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil Suriyadagi Eron nişonlariga zarbalar berayotgani xabar qilingandi.












