Normand orollari aviatsion qidiruv guruhi boşliği, La Manş böğozida «Kardiff Siti»ning yangi futbolçisi Emiliano Sala bölgan samolyotni qidiriş işlariga rahbarlik qilgan Jon Fitsjyerald iş yakunlari haqida ma'lumot berdi.

«Menga xabar berişlariça, dengizda yostiq, töq sariq rangdagi predmet, quti va boşqa köplab oq rangdagi buyumlarni topişgan. Ularning atrofida metalla parçalari suzib yurgan», — deya Fitsjyeraldning sözlarini keltirmoqda RMC.

Fitsjyerald qoldiqlar topilgan joyga qutqaruv qayiği yuborilgani haqida ma'lumot bergan.

Eslatib ötamiz, 21 yanvar kuni Sala «Nant»dagi sobiq jamoadoşlari bilan xayrlaşiş uçun Fransiyaga borgan.

U şu kuniyoq xususiy samolyotda Uelsga qaytgandi. Ammo u çiqqan xususiy samolyot qöniş vaqtidan bir soat avval radarlardan yöqoldi.

Uni öşa zahoti qidiriş işlari boşlandi, ammo ob-havo şaroiti va qoronği tuşgani tufayli işlar töxtatildi. Qidiriş işlari 22 yanvar kuni tiklanib, kun böyi 5 samolyot va yana bir qança qidiruv kemalari iş olib borişdi, ammo natija bölmadi.

Bu orada OAVda futbolçi parvoz vaqtida WhatsApp guruhidagi yaqinlariga audioxabar jönatgani ma'lum qilindi.

«Salom, yigitlar, işlar qalay? Ukaginam, mening kuçim qolmadi. Nantda bir qator işlarni bajardim, hozir esa soçilib ketişi mumkin bölgan samolyotda Kardiffga uçyapman. Ertaga hammasi boşlanadi, kunduzi yangi jamoa bilan maşğulotlarga kirişaman. Köramiz, nima bölarkan. Aka-ukalar, opa-singillar qalay? Hammasi yaxşimi? Yana bir yarim soatdan söng mendan yangiliklar bölmasa, bilmayman, kimdir meni qidiradimi? Balki, meni topişning imkoni bölmas. Xudoyim, qanday dahşat», degandi futbolçi.

Qidiruvning ikkinçi kuni politsiya futbolçining omon qolganiga umid deyarli yöqligini ma'lum qilgandi.

«Öşa vaqtda havo ança sovuq bölgan. Şuningdek, muzli yomğir yoqqan. Quyuq tuman esa köriş çegarasini kamaytirgan. Hozir esa barçasi yaxşi. Havo ham zör, biroz issiq.

Mening ilk xulosalarim oddiy. Sala katta ehtimol bilan halok bölgan. Bunday şaroitda odam bolasi tirik qolişi amri mahol. Ammo taslim böliş yöq, izlaşda davom etamiz», degandi Jon Fitsjyerald.