Bugun, 24 yanvar kuni Investitsiyalar böyiça davlat qömitasida Özbekiston respublikasi rahbariyati taşabbusi va BMT vasiyligida tuzilgan Orolböyi aholisi xavfsizligini ta'minlaş jamğarmasi rahbariyati hamda jamoasining yiğilişi bölib ötdi.

Tadbirda Boş vazir örinbosari, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisi Suxrob Xolmurodov iştirok etdi va BMTning Özbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer xonim bilan birga hamraislik qildi.

Tadbir davomida ulkan loyihalarni amalga oşirişni maqsad qilgan jamğarmaning texnik va işçi guruhlari, rejalari tasdiqlandi.

Köpşeriklilikka asoslangan bu trast jamğarma faoliyati rasman 2018 yilning 27 noyabr kunida BMT ştab-kvartirasida yölga qöyilgan edi. Öşa kuni BMT boş kotibi Antoniu Guterriş, Özbekiston respublikasi hukumati, köplab xalqaro taşkilotlar hamda donor davlatlar va jamğarmalar bu loyihaga xayrixohlik bildirgan.

Xususan, Norvegiya va Yaponiya kabi davlatlar bu jamğarmaga moliyaviy kömak berişga tayyor ekanliklarini ma'lum qilişgan.

Asrdan asrga ötgan Orol muammosi asoratlarini bartaraf etiş doirasida bir qança yirik loyihalar közlangan bölib, ularni amalga oşirişda dastlabki bosqiçi 2021 yilga qadar davom etuvçi dastur asosida 123,3 mln AQŞ dollari miqdorida mablağ jamlanadi. Bu körsatkiç miqdori vaziyatga köra oşirilişi mumkin. Donorlik mablağlari tuşib borişi va sarflanişini maxsus portal orqali onlayn kuzatib boriş mumkin böladi.