Angliya premer-ligasining “Kardiff Siti” klubi Fransiyaning “Nant” klubiga 22 yanvarda parvoz vaqtida yöqolib qolgan futbolçi Emiliano Salaning transferi uçun pul tölaydigan böldi.

Yurist Aleksandra Koenning tuşuntirişiça, futbolçining xarid qilinişi böyiça bitim FIFA röyxatiga kiritilgan bölsa haqiqiy deb hisoblanadi. Bu holda “Kardiff” endigina xarid qilgan futbolçi uçun “Nant”ga 17 mln yevro tölab berişi kerak böladi. Ma'lum qilinişiça, klublar örtasidagi kelişuv 19 yanvarda tuzilgan va 3 kundan keyin tasdiqlangan.

Şu bilan birga “Kardiff” futbolçini suğurtalaşga ulgurgan bölsa, töliq kompensatsiya olişga umid qilişi mumkin.

22 yanvarda Sala Nantdan Kardiffga xususiy samolyotda uçgan. Samolyot La-Manş ustidan ötayotganda radarlardan yöqolib qolgan. Uçuvçi va futbolçini qidiriş operatsiyasi 2 kun davom etgan va 24 yanvarda besamar yakunlangan. Ma'lum qilinişiça, samolyot uçuvçisida tijoriy yölovçilarni taşişga litsenziya bölmagan, u faqatgina xususiy parvozlarni amalga oşirişi mumkin bölgan.

Ayni vaqtda reys tafsilotlari aniqlaştirilmoqda.

28 yoşli futbolçi va 59 yoşli uçuvçi Deyv Ibbotson Piper PA-46 Malibu samolyotida uçişgan.

APL klubi Sala uçun öz tarixidagi rekord narxni tölagan. Bungaça argentinalik futbolçi faqat Fransiya çempionatida töp surgan.