Angliya çempionatining 35-turida ligada qoliş uçun kuraş olib borayotgan «Kardiff Siti» «Liverpul»ni qabul qildi. Kardiffdagi «Kardiff Siti» stadionida keçgan öyin mehmonlarning 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyinning 57-daqiqasida Jorjino Veynaldum hisobni oçdi, unga Trent Aleksander-Arnold assistentlik qildi. Ikkinçi gol öyin oxirida Jyeyms Milner tomonidan urildi, u Muhamad Salohga işlatilgan qöpollik uçun belgilangan penaltini aniq ijro etdi.
Bu ğalaba evaziga «Liverpul» oçkolari sonini 88taga yetkazib, turnir jadvalidagi birinçi örinni «Mançester Siti»dan (86 oçko va zaxirada bir öyin) qaytarib oldi. «Kardiff Siti» 31 oçko bilan 18-örinda qolmoqda.
Keyingi turda, 26 aprel kuni «Liverpul»ni «Haddersfild»qabul qiladi, «Kardiff Siti» 27 aprel kuni «Fulhem» mehmoni böladi.
Angliya çempionati
35-tur
Kardiff – Liverpul 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 57 Veynaldum, 0:2 – 81, penalti Milner.
Kardiff – Eteridj, Manga, Bennett, Pelter, Morrison, Gunnarsson, Kamarasa, Mendes-Leyng, Rolls (Bakuna, 79), Xoylett (Merfi, 83), Nyasse (Zoxore, 67).
Liverpul – Alisson, Matip, Aleksander-Arnold (Gomes, 86), van Deyk, Roberson, Henderson, Veynaldum, Keyta (Fabino, 71; Milner, 75), Mane, Saloh, Firmino.
Ogohlantirişlar: Gunnarsson (80), Milner (90).













