Toşkent viloyati böylab yangi tipdagi biohojatxonalar örnatilişi davom etmoqda, ularda hatto nogironligi bölgan kişilar uçun ham şaroit yaratilgan. Viloyat turizmni rivojlantiriş departamenti bölimi vakillari Kun.uz'ga şu haqida ma'lum qilişdi. 

Viloyat hokimining 2017 yil 22 sentyabrdagi 543-sonli “Turistlar taşrif buyuradigan madaniy meros obektlari, ziyoratgohlar, muzeylar, mehmonxona xizmati, hunarmandlar uylari va boşqa turizm obektlari, umumiy ovqatlaniş obektlari xamda aholi gavjum joylar, bozorlar, şohbekat, yöl böyi xizmat körsatiş şoxobçalari, istirohat boğlari va boşqa xizmat körsatiş obektlaridagi hojatxonalarni sanitariya-gigiyena qoida va me'yorlariga moslaştiriş töğrisida”gi qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida barça şahar va tumanlar, ayniqsa turistlar köp taşrif buyuradigan hududlarda turistik obektlarning sanitariya-gigiyenik şoxobçalari (SGŞ) holati, obodonlaştiriş va tozalikka rioya qiliş böyiça xatlovlar taşkil etildi. Örganiş jarayonida hududlar bosqiçma-bosqiç xatlovdan ötkazildi, aniqlangan kamçiliklar haqida ma'lumotnomalar tuzilib, joylarda hokimliklarga taqdimnoma sifatida kiritildi va mutasaddi taşkilotlarga mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş haqida körsatmalar berildi. Xöjalik yurituvçi sub'yektlarga maslahat va körsatmalar berildi. Natijada köplab obektlar egalari tomonidan kamçiliklar bartaraf etildi. 

Foto: Toşkent viloyati Turizmni rivojlantiriş departamenti

Jumladan, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining komissiyasi tomonidan aniqlangan kamçilik va muammolarni bartaraf etiş yuzasidan jami 61 ta madaniy meros obidasi, ziyoratgoh va qadamjolarning yettitasida hojatxonalar ta'mirlandi yoki yangidan qurildi, obodonlaştiriş va tozalaş işlari amalga oşirildi. Yana 9 ta obektni ta'mirlaş, obodonlaştiriş va konservatsiya qiliş uçun 3 mlrd söm ajratilgan va tegişli muassasalar tomonidan taşkiliy işlar amalga oşirilmoqda. Qolgan obektlarda SGŞlarni tartibga solişda işlarni taşkil etiş va nazoratni kuçaytiriş uçun “Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş ilmiy-işlab çiqariş Boş boşqarmasining Toşkent  viloyati davlat inspeksiyasi” ga sörov-xati yuborildi. 

Bundan taşqari, viloyatda mavjud AGTKŞ va AYoQŞ lardan komissiya tomonidan 38 obektning sanitariya-gigiyenik holati qoniqarsiz deb topilgan bölib, hozirgi vaqtda “Özdavneftgazinspeksiya” Toşkent viloyat hududiy boşqarmasiga körsatma-xat yuborilgan bölib, kamçiliklarni bartaraf etişga doir işlar olib borilmoqda. Hamkorlikda olib borilgan işlar natijasida sayyohlar köp ziyorat qiladigan obektlarda zamonaviy SGŞlari  qurildi, turistlar diqqatini tortuvçi obektlar örnatildi. Zarur hujjatlar rasmiylaştirilgan holatda quriliş, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlariga sarflangan xarajatlar ijara tölovlardan ayrilişi nazarda tutilganligi haqida madaniy meros obektlari egalariga tuşuntirildi.