Fransiya gipertovuş quroli işlab çiqariş dasturini boşlaşga qaror qildi. Fransiya qurolli kuçlari vaziri Florans Parli ana şunday bayonot bilan çiqdi, deb xabar berdi AFP agentligi.
Vazirning sözlariga köra, işlab çiqariladigan gipertovuşli planer soatiga 6 ming kilometrdan ortiq tezlikda parvoz qila olişi lozim.
Xabar qilinişiça, dastlabki sinov parvozi 2021 yilning oxirigaça bölib ötişi möljallanmoqda.
Mazkur loyiha V-MaX (Vhicule Manoeuvrant eXprimental) nomini oldi. Loyihaning boş pudratçisi Arianegroup aviatsiya-kosmik konserni böladi. Vazirning fikriça, loyiha "qator sohalarda harbiy salohiyat nuqtai nazaridan haqiqiy texnologik ösiş böladi".








