Avstraliyada birgalikda 70 yil umr keçirgan oilaviy juftlik bir kunda vafot etdi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.

90 yoşli Norma Jon Platell va 92 yoşli Frensis Ernest Platell 6 yanvar kuni qariyalar uyida vafot etişdi.

Ularning holidan xabar olgani kirgan hamşira qariyalar vafot etganining guvohi bölgan. Şifokor ularning vafot etgan vaqtlari orasidagi farqni aniq belgilay olmagan va juftlik bir vaqtda vafot etgani bayon qilingan.
Uç yil ilgari keksa ayolda Alsgeymer kasalligi aniqlanganidan söng u mustaqil harakatlana olmay qolgan va qariyalar uyiga joylaştirilgan. 

Turmuş örtoği har kuni uning oldiga kelib butun kunini ayoli bilan birga ötkazgan. Qariyaning soğligi yomonlaşganidan söng u ham ayolining yoniga joylaştirilgan va ular umrlarining sönggi damiga qadar bir xonada yaşab kelişgan.