Boshqaruv organlari rahbarlarining bo‘sh lavozimlariga xotin-qizlar tavsiya etiladi
Endilikda boshqaruv organlari rahbarlarining bo‘sh lavozimlariga xotin-qizlarni tavsiya etishga alohida e'tibor qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida shu mazmundagi ma'lumot bilan bo‘lishdi.
Prezidentning “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas'uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan endi tegishli davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining bo‘sh lavozimlariga xotin-qizlarni tavsiya etishga alohida e'tibor qaratiladi. Farmonda nomzodlar zahirasini puxta ishlab chiqish, asoslash va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Prezidentiga taqdim etish topshirilgan.
Bugungi kunda Xotin-qizlar Qo‘mitasi tomonidan rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish uchun 3 mingdan ortiq kadrlar zahirasi shakllantirilgan. Qo‘mita Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi va uning hududiy bo‘limlarida o‘quv kurslarini joriy qilib, mazkur sohada ayollarning salohiyatlarini yanada rivojlantirishni maqsad qilgan.
"Biz ayollarning ushbu sohada salohiyatini yanada oshirish uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Fevral oyidan e'tiboran Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi va uning hududiy bo‘linmalarida o‘quv kurslari joriy qilinadi. Ushbu uzoq kutilgan yangilik biz uchun gender tenglikni ta'minlashda jiddiy qadam bo‘lib xizmat qiladi", - deb yozadi Tanzila Norboyeva.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Chelaklab suv tashib amallab ko‘kartirib olganman” – tog‘ bag‘rida bog‘ yaratgan so‘xlik 93 yoshli Nuriddin ota hikoyasi
Jamiyat | 18:41
-
MRB direktori o‘rinbosarining o‘g‘li Ukrainada halok bo‘lgan. U Rossiya tomonida turib jang qilgan
Jahon | 18:33
-
Fransiyalik olimlar akulalar hujumining ortishiga ijtimoiy tarmoqlar aybdor ekanini aytdi
Jahon | 18:30
-
3,6 mlrd dollarlik oltin sotuvi va 9 barobardan ko‘proqqa qisqargan gaz importi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
Iqtisodiyot | 18:16
Mavzuga oid

10:02 / 08.07.2024
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi

15:00 / 26.08.2022
Quyi Chirchiqda kaltaklangan ayol ertasi kuni eri tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

11:57 / 25.08.2022
Xotin-qizlarga berilgan tavsiyanoma o‘qishga kirganlikni anglatmaydi - ballar qanday hisoblanadi?

17:33 / 24.08.2022