2019 yilning 29 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekistonda soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan, Özbekistonda umumiy jismoniy tayyorgarlikni belgilovçi sport me'yorlarini öz içiga olgan “Alpomiş” va “Barçinoy” testlari ötkazilişi yölga qöyiladi.

Musobaqa tarzida taşkil etiladigan, 6 yoşdan boşlab, barça insonlar qatnaşadigan “Alpomiş” va “Barçinoy” maxsus testlari turli şartlar asosida 12 ta yoş toifasi böyiça har yili 2 marotaba ötkaziladi. 

Mazkur test sinovlarida iştirok etiş fuqarolar uçun ixtiyoriydir. Qatnaşiş istagini bildirganlar uçun esa sinovlarida majburiy va ixtiyoriy me'yorlar belgilangan. I, II, III darajali Alpomiş va Barçinoy kökrak nişonlariga ega böliş uçun majburiy sinovlardan ötiş talab etiladi.

Misol uçun, 26-33 yoşlilar uçun majburiy sinov maşqlari: 

30, 60 metrga yuguriş;
2000 metrga yuguriş;
çalqança yotgan holda gavdani kötariş;
gimnastik örindiqdan tizzalarni bukmay, oldinga egiliş;
16 kg. sport anjomini (gira) bir qölda yuqoriga kötarib, tuşiriş.

Ixtiyoriy sinov maşqlari:

Yugurib kelib yoki turgan joydan uzunlikka sakraş;
500 yoki 700 grammlik sport anjomini uloqtiriş;
Kurakka yotgan holda oyoqlarni juftlaştirib, gavdani yuqoriga 90 gradus kötariş;
100 metrga erkin usulda suziş;
45 kg.lik qöğirçoqni qöli va belidan uşlab, böksadan oşirib yiqitiş (öng va çap tomonga);
Basketbol töpini 3 metr masofadan savatga taşlaş;
Dars (3 metrdan nişonga oliş);
Tennis töpi bilan 5 m. uzoqlikdagi 20x20 sm hajmdagi nişonni uriş;
Sayr qiliş 5 km.

Maxsus test sinovlari talablarini bajargan fuqarolar I, II va III darajali kökrak nişonlari bilan taqdirlanadi hamda tegişli sport razryadi va unvoniga sazovor böladi.