Yangi «Futbol TV» telekanalining oçilişiga bağişlab MTRK mediamarkazida ötkazilgan marosimda telekanal boş direktori Zohid Karimov, özbekistonlik taniqli murabbiylar Mirjalol Qosimov, Vadim Abramov, Ravşan Haydarov, Temur Kapadze, «Sport» telekanali şarhlovçi va jurnalistlari hamda bir qator rasmiylar iştirok etişdi.

Tribuna.uz muxbirining ma’lum qilişiça, töliq futbolga ixtisoslaşgan telekanal 2025 yilning 1 yanvar kunidan boşlab «Foreign Language» telekanali örnida faoliyat yuritadi. Telekanal hozirça Osiyo futboliga boğliq klublar va milliy jamoalar iştirokidagi uçraşuvlar, Superliga-2025 öyinlarini keng tarzda namoyiş etişni rejalaştirgan.
Telekanal Pro liga-2025 va Futzal böyiça Oliy liga öyinlarini ham yoritişni maqsad qilgan. Şuningdek, «Sport» telekanalidagi bir qator futbolga oid körsatuvlar «Futbol TV» telekanaliga köçiriladi.
«Futbol TV» telekanali direktori Zohid Karimovning Tribuna.uz muxbiriga ma’lum qilişiça, MTRK translatsiya huquqini qölga kiritiş uçun Yevropaning bir qator ligalari bilan muzokara olib bormoqda.
Ma’lumot uçun, Özbekistonda «ZörTV» kanali Çempionlar ligasi va La Liganing markaziy uçraşuvlarini translatsiya qilayotgan bölsa, Angliya Premer-ligasi, A Seriya, Bundesliga va Fransiya çempionati bahslari bepul namoyiş etiladigan telekanallar tomonidan sotib olinmagan.

















