Jamiyat | 10:38 / 01.02.2019
7584
2 daqiqa o‘qiladi

​Kuksu tabiiy suv havzasida brakonerlar qo‘lga tushdi

Illyustrativ foto

Joriy yilning 29 yanvar kuni o‘tkazilgan reydda tartibidagi tadbir davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Madali» OFY hududidagi Kuksu tabiiy suv havzasida huquqbuzarlik qilgan 10 nafar shaxs aniqlangan. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qilgan. 

Ta'kidlanishicha, brakonerlar bir dona baliq to‘ri bilan 57 dona tolstolob va 740 dona oq amur baliqlarini ovlagan. 

«Ushbu holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib prokuratura organlariga o‘tkazilmoqda», —  deyiladi qo‘mita axborotida.

Kun.uz'ga ma'lum bo‘lishicha, reyd davomida aniqlangan huquqbuzarlik tufayli hayvonot dunyosiga 303,5 million so‘m zarar yetkazilgan. 

Tabiiy suv havzalari mahsuldorligini oshirishda baliqlantirish me'yorlari va texnologiyasiga ko‘ra, har bir tabiiy suv havzasining biologik xususiyatidan kelib chiqqan holda tabiiy suv havzasi tegishli o‘simlikxo‘r baliqlar bilan baliqlantiriladi.

Tabiiy suv havzalarida baliq yetishtirish boshlangan vaqtdan keyin 3 yil davomida har yili 1 gektar suv havzasi kamida 50 dona o‘simlikxo‘r baliqlarning chavoqlari bilan baliqlantirilishi lozim. Va bu hududda noqonuniy ov tashkil etish mumkin emas.

Mavzuga oid