Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyaxu Eronga qarshi bor kuchi bilan kurashishga va'da berdi
Isroil Eronning "qayerda nima qilayotganini" yaxshi biladi va uning bosqinchilik rejalariga qarshi barcha vositalarni ishga soladi, dedi Isroil hukumati rahbari Binyamin Netanyaxu Eronning yangi qanotli raketasi namoyishiga javoban.
"Bugun Eronda Islom inqilobining 40 yilligini nishonlashmoqda va yangi raketasi bilan maqtanishga urinishmoqda. Eron Isroil davlatini yo‘q qilish maqsadini ochiqchasiga bildirmoqda", - dedi Netanyaxu.
"Men Tehrondagi zolimlarga shuni aytmoqchiman. Biz sizlarning qayerda va nima qilayotganingizni bilamiz. Biz Isroilning xavfsizligi va kelajagini ta'minlash uchun Eronga barcha vositalar bilan qarshilik qilishda davom etamiz", - deb qo‘shib qo‘ygan u.
Avvalroq Eron o‘zining yangi qanotli raketasini namoyish etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:48
Eron atrofidagi vaziyat: AQSh yangi zarbalar yo‘lladi, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yana yopildi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
08:59 / 10.07.2026
Eronda Ali Xominaiy dafn etildi
20:35 / 09.07.2026