APLning “Kardiff Siti” klubining yangi öyinçisi Emiliano Sala uçgan va radarlardan yöqolib qolgan Piper PA-46 Malibu samolyoti La-Manş böğozi tubida topildi. Bu haqda SkyNews ma'lum qildi.
Yengil motorli samolyot 22 yanvarda futbolçi va uçuvçi bilan Fransiyaning Nantidan Uelsning Kardiffiga parvoz vaqtida yöqolib qolgandi. Sala parvoz oldidan samolyot bölaklanib ketişi mumkinligidan xavotir bildirib ovozli xabar yozişga ulgurgan. Keyinroq uçuvçi yölovçilarni taşişga litsenziyaga ega bölmagani aniqlangan.
Samolyotni futbolçini qidiriş operatsiyasida iştirok etgan FPV Morven kemasi ekipaji aniqlagan. Sportçi va uçuvçining oilasi samolyot topilganidan xabardor qilingan.
Politsiya samolyotni qidirişni 24 yanvarda yakunlagan. Argentinalik futbolçi omon qolganiga imkon juda oz bölgan. Keyingi qidiruv işlarini futbolçining oilasi öz qöllariga olgan. Uşbu maqsadda kraudfanding platformasi orqali zarur mablağ töplangaç, qidiruv işlari ikki kema yordamida davom ettirilgan.













